So’nggi yangiliklar

23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  1 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6

Jahongir Jiyamurodov: Ruhiy qo'rquvni tezrok engib o'tishim kerak Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: Ruhiy qo'rquvni tezrok engib o'tishim kerak

Uzoq vaqt Qashqadaryo viloyati jamoalari sharafini himoya qilgan Jahongir Jiyamurodov keyingi faoliyatini “Bunyodkor” bilan bog'ladi.
Jiddiy jarohati tufayli bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida yashil maydon tashqarisida yurgan futbolchiga “qaldirg'ochlar” ishonch bildirishdi. Kecha Jiyamurodov “Olmaliq” bilan bo'lib o'tgan nazorat uchrashuvida harakat qildi. Uchrashuvdan so'ng uning yangi jamoadagi taassurotlari bilan qiziqdik.

- Avvalo, menga nisbatan bildirilayotgan ishonch uchun “Bunyodkor” futbol klubi raxbariyati va murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. Bir yarim yil futbol o'ynamagan inson uchun mamlakat chempionidan taklif tushishi bu chinakamiga baxtdir. Mashg'ulotlarda ishtirok etib, o'zimga bo'lgan ishonch ham ortyapti. Bunda albatta murabbiylarning berayotgan daldalari katta yordamlari ham muhim o'rin tutmoqda, - deb gap boshladi Jahongir Jiyamurodov.

- Uzoq tanaffusdan so'ng “Olmaliq” klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdingiz. O'yin davomida o'zingizni qanday his qildingiz?
- Hozirgi paytda menda ruhiy qo'rquv bor. Buni sezib turibman. Birinchidan – jarohatim tufayli bir yarim yillik tanaffusdan keyin endigina maydonga qaytganim, ikkinchidan – o'yin suniy maydonda o'tgani bois meni qo'rquv bosib turdi. O'ylaymanki, mana shunday uchrashuvlar orqali qo'rquvni engib o'tib, avvalgi sport formamni tiklab olaman. Agar hammasi yaxshi o'tsa avvalgidan ham yaxshiroq o'ynashim mumkin.

- “Nasaf”ni tark etib, “Bunyodkor”ga o'tish Siz uchun og'ir bo'ldimi?

- To'g'risini aytsam, “Nasaf” jamoasi bilan xayrlashish qiyin bo'ldi. Boisi aynan ushbu klub orqali elga tanildim, bir qator sovrinlarni qo'lga kiritdim. Ayniqsa, 2011 yili OFK kubogi xotiralari qalbimda abadiy muhrlanib qolgan. Jamoaning jonkuyar muxlislari bilan iliq munosabat o'rnatganmiz va o'ylaymanki bu mustahkam aloqa keyinchalik ham saqlanib qoladi. “Nasaf”dagi faoliyatimdan minnatdorman va u erda o'tkazgan damlarim uchun klub raxbariyatiga rahmat deyman.

“Bunyodkor” mamlakatimizning etakchi klubi. Bu jamoada o'ynash hammaga ham nasib qilavermaydi. Boz ustiga mening hozirgi holatimda tushgan taklifdan juda xursand bo'ldim. Umid qilamanki, mavsum startigacha yanada yaxshiroq o'ynab, jamoa tarkibida raqobatni kuchaytiraman.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика