So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

Jahongir Jiyamurodov: Gol urishdan ko'ra, unga assistentlik qilishni yoqtiraman Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: Gol urishdan ko'ra, unga assistentlik qilishni yoqtiraman

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, O'zbekiston oliy ligasida kuchli beshlikdan joy olgan Mashal jamoasi 24-milliy chempionatda ham yuqori natijalarni ko'zlayapti.
Muborakliklar shu maqsadda mavsumlar oralig'idagi tayyorgarlikka alohida etibor qaratishdi. Jamoani Otabek SHukurov, Jahongir Abdumo'minov, Oybek Mamazulunov, Andrey Derkach, Eldor SHomurodov, Iskandar SHayqulov, Mirzohid g'ofurov kabi asosiy tarkib futbolchilari tark etganiga qaramay, murabbiylar yangi mavsumga umid va ishonch bilan qarashyapti. SHukurov, g'ofurov va SHomurodov faoliyatlarini Bunyodkorda davom ettirishayotgan bo'lsa, SHayqulov Paxtakorga o'tdi.

Qolaversa, jamoaning ko'p yillik sardori bo'lib kelgan Diyaver Vaniev futbolchilik faoliyatini yakunladi. Iqbol Boboxonov, Jahongir Jiyamurodov, Vladislav Ivanov, Nikita Bukatkin, Abdulla Nabiev, Firdavs Asadov va Doston Abdurahmonovlar esa yangi mavsumni Mashal libosida boshlash istagini bildirishdi. Yangi o'yinchilar orasida Jahongir Jiyamurodovning ham borligi ahamiyatga molik jihat. Nasaf va Bunyodkor jamoalari safidagi o'yinlari bilan futbol ishqibozlariga tanilgan va OFK kubogi-2011 sohibi bo'lgan Jiyamurodov bilan yangi mavsum boshlanishi arafasida suhbatlashdik.

- Jahongir, 2015 yilgi futbol mavsumida Mashal muxlislariga qanday natija vada qila olasizlar?

- Mavsumga tayyorgarlikni 5 yanvar kunidan Yangierda boshlagan edik. O'tgan vaqt mobaynida ham jismoniy, ham texnik-taktik jihatdan mashg'ulotlarga zo'r berdik. Ko'plab nazorat uchrashuvlari o'tkazildi. PFL kubogida ishtirok etdik. Faqat penaltilar seriyasiga ko'ra final uchrashuvida SHo'rtanga imkoniyatni boy berib qo'ydik. O'tgan yili jamoa ushbu musobaqada chempion bo'lgan ekan. Umuman olganda, tayyorgarliklar juda yaxshi o'tdi va o'ylaymanki, 2015 yilgi futbol mavsumi jamoamiz uchun omadli keladi.

- Jamoangiz jismoniy tomonlama maydonda 90 daqiqa bir maromda o'ynashga tayyormi?

- Hozir bunday deyish biroz qiyin bo'lsa kerak. Birinchi davraning o'rtalariga borib, shu darajaga chiqsak kerak. Ayni paytda jismoniy tayyorgarlikni chamamda 80-90 foizga baholash mumkin.  

- Yaqinda Mashal jamoasi bilan shartnoma imzoladingiz. Bu klubni tanlashingizga kim yoki nima sabab bo'ldi?

- Mashal men uchun begona emas. Aynan shu klubda ilk futbol sir-asrorlarini o'rgangandim. Ilk yutuqlarimga ham Muborakda erishganman. Va eng muhimi, muxlislar etiboriga ham Mashaldagi o'yinlarim orqali tushganman. Klub rahbariyati ham begona emas. SHu bois, taklif qilishganda ortiqcha o'ylab o'tirmasdan shartnomaga imzo chekdim.

- Boshqa takliflar ham bormidi?

- Yana ikkita taklif bor edi. Lekin Mashal varianti yaxshiroq bo'lib chiqdi.

- Sizning yulduzli onlaringiz Nasaf jamoasida o'tgan. 2011 yili jamoa bilan birga OFK kubogini qo'lga kiritgansiz. Keling, ayni kez ana shu yorqin lahzalarni yodga olsak...

- Albatta, 2011 yilgi futbol mavsumini eslash juda maroqli. Klublar o'rtasidagi bunday nufuzli final hali O'zbekistonda o'tkazilmagan edi. Ilk bor ana shu final uchrashuvining Qarshi shahrida o'tkazilgani ikki hissa quvonchli bo'ldi. O'sha yili jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagan taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenkoning ham bu g'alabada hissasi katta bo'ldi. Qolaversa, chempionatda kumush medallarga sazovor bo'ldik.

- Jahongir, futboldagi ilk qadamlar haqida ham gapirib bersangiz. Zero, har bir bolakay kimgadir havas qilib, katta futbolga qadam qo'yadi. Sizda bu jarayon qanday kechgan?


- Yangier jamoasi oliy ligada qatnashib yurgan kezlari shu klub o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatardim. SHu o'yinlarni tomosha qilib, futbolga mehrim tushib qolgan. Yangier futbol maktab-internatida tahsil olganman. Ko'pchilik yoshligida hujumchi bo'lishni xohlaydi. Lekin menda bunday istak bo'lmagan. Bolaligimdan yarim himoyada o'ynashga qiziqardim. Birinchi murabbiyim Muzaffar aka Beknazarov ham Sendan yaxshi yarim himoyachi chiqadi, derdilar. Gol urishdan ko'ra, golga assistentlik qilishni yoqtiraman. 9-sinfda o'qib yurgan kezlarim o'sha paytda Mashal klubi vice-prezidenti bo'lgan Bahrom Davlatov meni Muborakka taklif qilganlar. Bir yil Mashal akademiyasida futbol sir-asrorlarini o'rganishni davom ettirib, 2004 yildan shu klubda to'p tepishni boshladim. 2009 yili esa Nasaf jamoasiga ko'chib o'tdim.

- Faoliyatingizda esda qolarli gollar bo'lganmi? Albatta, shu paytgacha, chunki hali faoliyatingiz davom etyapti...

- Bunday gollar bo'lgan. Ayniqsa, OFK kubogining yarim final uchrashuvida Al-Vihdat jamoasiga kiritilgan gol yodimda qolgan. Jamoamning finalga chiqishiga hissamni qo'shganim uchun ham bu gol men uchun qadrli. Paxtakor bilan o'yin ham yodimda qolgan. Keyin yana o'sha 2011 yili Qarshida o'tkazilgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Qizig'i, birinchi bo'limda o'z darvozamizni ishg'ol qilib qo'yganman. O'yin yakunlanib borayotganda esa penaltidan muvozanatni tiklaganman.

- Bunday avtogollar yana bo'lganmi?

- Yo'q. Bu birinchisi bo'lgan. Umid qilamanki, oxirgisi ham.

- Futboldan tashqari yana qaysi sport turlariga qiziqasiz?

- Voleybolga juda ham qiziqaman. Har hafta do'stlarim bilan o'ynab turamiz. Keyin baliq oviga ham qiziqishim baland. Akalarim bilan tez-tez baliq oviga ham chiqib turaman. Bir marta taxminan 8 kilogrammlik baliq ushlagandim. Yana bir qiziqishim  bu - ot sporti. Uyimizda otimiz bor. Tabiiyki, uloq-ko'pkari mavsumlarida ham ishtirok etib turaman.

- Qaysi klublarning o'yinlarini ko'rib borasiz?

- Realning muxlisiman. Keyin Braziliya terma jamoasi o'yinlarini ko'rib boraman. Ayni paytda, Ispaniya la-ligasida kurash avjiga chiqdi. Barselona ham kutilmaganda o'z maydonida Malaga klubiga yutqazib qo'ydi. Real ham Atletikka yutqazdi. Menimcha, orziqib kutilayotgan el klasiko ko'p savollarga javob bersa kerak.

- Bu yilgi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

- Oliy ligada 16 ta jamoaning ishtirok etishi yaxshi bo'ldi. CHunki, o'yinlar soni ham ko'proq bo'ladi. Futbolchiga o'yin amaliyoti kerak. Bu yil chempionlik uchun kurashadagi jamoalar soni yana bir-ikkita ortsa kerak, deb o'ylayman. Mashal jamoasi chempionlik uchun kurashmasa-da, muxlislarni xushnud etadigan futbol namoyish qiladi. Futbolchilar nomidan bunga vada bera olaman. Natija o'tgan yilgidan kam bo'lmasligi kerak. Barchamiz shunga harakat qilamiz.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика