So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  90 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Jahongir Usmonov: “Istiqbolli kelajak uchun harakat qilamiz” Yangiliklar

Jahongir Usmonov: “Istiqbolli kelajak uchun harakat qilamiz”

Oktyabr oyining yarmiga kelib, O'zbekiston CHempionatining 1-bosqich uchrashuvlari start oldi.
Ochig'i, turni bunday ajoyib va qiziqarli turni ko'pchilik kutmagandi. CHempionatning ilk uchrashuvlaridanoq jamoalar futzal ixlosmandlariga kutilmagan sovg'a qila olishdi.

Yana bir quvonarli holat, peshqadamlar qatoriga yana bir jamoa “Kogon” (Buxoro) ham qo'shilmoqda. O'z tarkibini avvalgi chempionat to'purari Dilshod Raxmatov va terma jamoaga nomzod hisoblanuvchi Maqsud Fayzullaev  bilan kuchaytirgan kogonliklar, birinchi tur bahsini ishonch bilan o'tkazishdi.

SHu bilan bir qatorda, ko'pchilikni mamlakatning eng ko'zga ko'ringan jamoalaridan biri - “Ardus”ning ishonchsiz o'yini xayron qoldirdi. Bundan tashqari, jamoa tarkibida avvalgi yillarda to'p tepgan nomdor futzalchilar ham ko'rinmas edi. Buni hisobga olgan holda, biz tarkibning to'liq o'zgarishi sababi va kelajakdagi rejalari haqida bilish maqsadida, klub prezidenti Jahongir Usmonov bilan suhbatlashishga qaror qildik. Suhbat davomida Jahongir Usmonov bizga terma jamoa va umuman mamlakat futzali to'g'risida qiziqarli malumotlar berdilar.

-   Hayrli kun Jahongir Mirabrorovich, oktyabrda 1-davraning 1-tur bahslari bo'lib o'tdi. Yangi mavsum ishtirokchilarining xarakatlari sizda qanday taassurot qoldirdi?
-   Mavsum boshlanishi menda, nafaqat menda balki barcha futzal muxlislarida iliq taassurot qoldirdi. Xozirdanoq ishonch bilan aytishim mumkinki, bu yilgi chempionat juda ham qiziqarli va murosasiz bo'ladi. Jamoalarga alohida to'xtaladigan bo'lsam, Qarshining “Do'stlik-AIN” jamoasi o'zining debyut uchrashuvi bo'lishiga qaramay ajoyib o'yini bilan xushnud etdi. Bu jamoaning paydo bo'lishi bilan, klublar geografiyasi ham kengaydi. Endi milliy chempionatimizda Qarshidan ham jamoa ishtirok etadi. Bu shaharda esa ko'rkam sport inshooti (sport zali) bor. Keyingi turlardan birini aynan o'sha erda o'tkazmoqchimiz.

Peshqadamlarga keladigan bo'lsak, “Maksam-CHirchiq” tarkibini kuchaytirib oldi va bu jamoa mavsum davomida yaxshiroq o'yin namoyish etsa kerak. “Bunyodkor”da bazi yo'qotishlar bor, lekin bunga qaramay bu jamoa ham hali o'z so'zini aytadi degan umiddaman. “Lokomotiv” – bu tarkib bo'yicha qaraydigan bo'lsak, chempionatimizning eng kuchli jamoasi. Jamoa tarkibida terma jamoa futbolchilarining bir nechtasi xarakat qiladi. Aynan shu sababli, bu klub o'yinchilarini doimo yaxshi sport formasida ko'rishni istardim. Buning uchun esa, mashg'ulotlarlarga professional yondashuv zarur bo'ladi.

“Nafis” va “Stroitel-Zarafshon” jamoalari hayron qoldirdi. Samarqandda ham Zarafshonda ham futzal uchun yaxshi sharoit mavjud, lekin u erlarda ish jarayoni havas qiladigan darajada emas.

Albatta, Andijonning “Turon-S” jamoasidan ham bundanda yorqin o'yinlarni kutib qolamiz. Bu turda jamoa etarlicha ochkolardan mosuvo bo'ldi. SHuningdek “Paxtakor”dan ham ijobiy natijalar kutamiz. Jamoa tarkibi bir necha yildan buyon birga o'ynab kelayotgan yoshlardan tashkil topgan. Bugungi kunda “Paxtakor”ning 2 o'yinchisiga terma jamoaga nomzod sifatida qaralmoqda va bu sezilarli natija.

Tabiiyki Buxoroning “Kogon” jamoasi uchun ham juda xursandman. Mavsum boshlangunga qadar jamoa tarkibiga Dilshod Raxmatov va Maqsud Fayzullaevni qo'shib oldi. Xabaringiz bor, Dilshod avvalgi mavsum to'purari. SHu bilan bir qatorda “Kogon” mahalliy o'yinchilarni ham unutib qo'ymayapti. Maqtanishga arzigulik natija. Birinchi turdan so'ng, jamoa turnir jadvalining ikkinchi pog'onasini egallab turibdi.   

- Siz prezidentlik qilayotgan Ardus klubining tarkibi tubdan o'zgartirilganini ko'rdik. Bu nima bilan bog'liq?
- Bu juda aktual va og'riqli savol bo'ldi. Afsuski, Paxtakordan tashqari hech qaysi klub yosh futbolchilarni tarbiyalash bilan shug'ullanmayapti. Ko'pgina klublar tayyor futbolchilar evaziga kuchayib borishni afzal bilishmoqda. SHu bois yoshlarni tarbiyalash oxirgi o'ringa tushib qolmoqda. Albatta, mavsumda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yish to'g'ri. Ammo yoshlarga etibor qaratmay faqat tayyor futbolchilarni o'ynataverish bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Agar ishni hozir boshlamasak keyin kecha bo'lishi mumkin. SHu sababdan, Ardus natijani xavf ostiga qo'yib o'z tarkibini 95 foizga o'zgartirdi. Bu borada milliy terma jamoani ham unutmaylik. Biz urg'uni 2016 yilga qaratayapmiz. Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib Kolumbiyadagi mundialga yo'llanma olmoqchimiz. Ammo o'sha vaqtga borib hozir termada o'ynayotganlarning 50 foizi yoshlari tufayli o'sha musobaqa o'ynay olishmaydi. Xulosa shunday: istiqbolli kelajak uchun ishlaymiz. CHempionatda Ardus oldiga hech qanday vazifa qo'yilmadi. Takidlash lozimki O'zbekiston terma jamoasining hozirgi tarkibida o'ynayotgan deyarli barcha futbolchilar Ardus maktabidan chiqqan. Biz yoshlar bilan ishlashni kanda qilmaymiz, shu o'rinda boshqa klublar ham bu borada ish olib borishsa yaxshi bo'lardi.

- Mavsum oldidan Ardus yosh futzalchilar uchun tanlov elon qilgandi. Keyingi tanlov qachon bo'ladi?
- Ish butun mavsum davomida olib boriladi. Elondan so'ng bizga ko'plab qo'ng'iroqlar bo'ldi. Bu futzalga etibor borligidan darak beradi. SHunchaki yoshlarga imkon berish kerak xolos. Takidlash lozimki, tanlov faqatgina toshkentliklar uchun emas. Ardus safida mamlakatimizning istalgan viloyatidan kelgan futzalchi o'ynab ketishi mumkin. Agar bizga maqul kelgan futzalchi Toshkentda yashay olmasa, biz uni o'sha viloyat klubiga tavsiya qilishimiz mumkin. SHu tariqa, sportchilar soni ko'payadi va raqobat o'sib boraveradi.

- Bu mavsumda klubga sobiq futzalchi Nikolay Odushev bosh murabbiy etib tayinlandi. Murabbiy almashishiga sabab nima?
Bunga sabab Baxtiyor Tog'aev Ayollar va Birinchi ligada nazoratchilik qilib kelmoqda. Bir nechta ishni birga olib borish qiyin, shu bois biz Ardus bosh murabbiyliga xalqaro toifadagi sport ustasi, ko'p karra O'zbekiston chempioni va ko'p karra Osiyo chempionatlari sovrindori bo'lgan Nikolay Odushevni tayinlashga qaror qildik. U bir necha yillar davomiad xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib keldi. Unda juda katta tajriba va mahorat bor. Ardusdagi faoliyat unga murabbiy sifatida o'sishga yordam beradi. Yosh futzalchilar bilan birgalikda biz yangi futzal murabbiyini tarbiyalaymiz. Odushev O'zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlamoqda, Ardusda u amaliyotga ega bo'ladi.

- Kelajakda O'zbekistonda futzal qanchalik rivojlanadi?
- Mamlakatimiz qobiliyatlarga boy. Agar ishga to'g'ri yondasha olsak, yoshlarni tarbiyalashda davom etsak ishonchim komilki O'zbekiston xalqaro g'alabalarga ega bo'laveradi. Yaqin yillarda Jahon chempionatiga chiqa oladigan tarkibni shakllantira olishimizga umid qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика