Jahon chempionati-2014 uchun Braziliyada 83 ta mashg'ulotlar bazasi tayyorlandi Yangiliklar

Jahon chempionati-2014 uchun Braziliyada 83 ta mashg'ulotlar bazasi tayyorlandi

Braziliya sport rahbariyati Jahon chempionati-2014 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rish va 32 ta mamlakatdan keladigan jamoani qabul qilish maqsadida 83 ta mashg'ulotlar bazasi tayyorladi, deb xabar beradi O Globo.

Braziliya sport vazirining takidlashicha, Argentina va AQSH terma jamoalari Jahon chempionatiga qayerda tayyorgarlik ko'rishni aniqlashtirib bo'lishgan. Ular Belu-Oriziontidagi va San-Pauludagi bazalarni tanlashgan.

Ko'pchilik jamoalar mashg'ulotlar o'tkazish uchun bazalarni yanvar oyidan keyin tanlashni rejalashtirishgan. Eslatib o'tamiz, aksariyat katta bazalar “Kruzeyro”, “Korintians” va “Santos” kabi klublarga tegishli.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика