Jafar Irismetov "NBU-Osiyo" bilan xayrlashdi
31 may 2014 14:44
Yangiliklar
Jafar Irismetov "NBU-Osiyo" bilan xayrlashdi
Joriy mavsum bosh murabbiy sifatida mustaqil ish boshlagan Jafar Irismetov birinchi liga ishtirokchisi "NBU-Osiyo"ni boshqarib kelayotgandi.
Tarkibni tajribali o'yinchilar bilan boyitgan holda, kurashchan jamoa shakllantirgan murabbiy yaqinda "bankirlar" bilan xayrlashishga qaror qildi.
Aytishlaricha birinchi bosqichning 11-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "NBU-Osiyo" (0:3) bahsidan so'ng Irismetov klub rahbariyatini ketish haqida ogohlantirgan va tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra do'stona xayrlashishga qaror qilgan.
Lekin Jafar Irismetovning aynan nima sababdan ishdan ketgani hozircha nomalum.
Bugun "bankirlar"ni "Oq-tepa"ga qarshi uchrashuvga Aleksandr Xvostunov olib tushadi. Tajribali himoyachi aftidan boshqaruv postiga o'tadigan ko'rinadi.

Fikrlar