Jafar Irismetov: “Muhimi xet-trik emas, g'alaba!”
24 mar 2015 17:37
Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Muhimi xet-trik emas, g'alaba!”
Xabar berganimizdek, Qatar poytaxti Doha shahrida davom etayotgan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvda BAAni 6:5 hisobida mag'lub etgan edi.
Bundan bir necha daqiqa avval yakuniga etgan o'yinda Jafar Irismetov xet-trikka erishdi. Biz o'yin haqida qisqacha uchrashuv qahramonidan intervyu oldik.
“Men uchun muhimi qayd etilgan xet-trik emas. Muhimi, terma jamoamiz anchadan beri davom etib kelayotgan yoqimsiz ananaga chek qo'ydi. Yani, shu paytgacha hali BAAni yutmagan edik. Bugungi g'alaba bizni pley-offga yaqinlashtirdi. O'z gollarim bilan bu tarixiy g'alabaga xissa qo'shganimdan xursandman”.
Eslatib o'tamiz, ertaga Ahad Yusupov shogirdlari guruhdagi so'nggi o'yinni Iroq terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Iroq ilk turda BAAga 5:7 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. O'zbekiston – Iroq uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 14.30 (Qatar vaqti 12.30)da boshlanadi.

Fikrlar