Zepp Blatter: "Turkiyada mundial juda qiziqarli bo'ladi"
24 may 2013 18:33
Yangiliklar
Zepp Blatter: "Turkiyada mundial juda qiziqarli bo'ladi"
Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati keskin va murosasiz o'yinlari va bo'lajak jahon yulduzlarini ko'z-ko'z qilishi bilan tanilgan.
Yaqinlashib kelayotgan navbatdagi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan FIFA prezidenti Zep Blatter FIFA rasmiy saytiga Turkiyadagi tayyorgarlik, bu turnirning Turkiyaga nima berishi hamda qaysi jamoalarni ko'rishni istayotgani to'g'risida intervyu berdi.
Bir oydan sung, FIFA ning 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Jahon Kubogiga start beriladi. Turkiya uchun birinchi FIFA musobaqasi bo'lmish bu turnirning tashkillashtirilishi borasida nima deya olasiz?
- Turkiya Futbol Federaciyasi ajoyib Mahalliy tashkiliy qumita (MTQ) tuzdi. Tashkiliy jihatdan menda hech qanday savollar yo'q. Stadion infratuzulmalari, musobaqa maydonlari va safarlarni tashkillashtirish kabi muhim jihatlar nazorat ostida. Turkiya bundan avval ham bin necha yuqori darajadagi tadbirlarga mezbonlik qilgan, va shu sababli ular jahonning 23 davlatidan tashrif buyurgan turli jamoalar turnir tashkilotchiligidan mamnun bo'lishlariga aminlar.
SHunday katta musobaqa uchun hamma narsa tayyormi?
- Menga habar qilishlaricha, chiptalar sotilishi bo'yicha hali ham ishlar olib borilmoqda, ammo men bundan xavotirda emasman. Men stadionlarning to'lishiga shubha qilmayman, chunki bu futbol muhlislari uchun nafaqat jahonning eng kuchli yosh futbolchilarini ko'rish imkoniyati, balki mezbon davlat uchun o'zini jahonga ko'rgazma qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ciz bularni Turkiya bosh vaziri Erdogan bilan o'tgan oyda uchrashganingizda unga ham aytdingizmi?
- Men unga bu musobaqa Turkiyaning 2020 yilgi olimpiada o'yinlarini o'tkazishga o'z nomzodini qo'yish uchun ajoyib reklama bo'lishini aytdim. Butun dunyo eng kuchli yoshlar terma jamoalari orasidan chempion tanlanishini kuzatib boradi. Siz bu faqat yoshlar musobaqasi deyishingiz mumkin, ammo bu menimcha yoshlar o'rtasidagi eng muhim musobaqa hisoblanadi, va u FIFA ning eng uzoq tarixga ega musobaqasidir. FIFA ning birinchi yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi 1977 yilda Tunisda o'tkazilgan.
Nima uchun yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati chipta olib ko'rishga arziydigan musobaqa deb o'ylaysiz?
- Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bizning eng muhim turnirlarimizdan biri hisoblanadi. Aslida u kattaligi jihatidan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyin ikkinchi o'rinli musobaqa, unda 24 jamoa ishtirok etadi. SHuningdek yosh jihatidan ham u ikkinchi yirik musobaqa hisoblanadi. Uning qanchalar muhimligi haqida tasavvurga ega bo'lish uchun, unda turli yillarda ishtirok etgan taniqli futbolchilarga nazar solishning o'zi kifoya. 1979 yili Diego Maradona Argentina jamoasi bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgan. SHuningdek Marko van Basten, Davor SHuker, Luish Figo, Raul, Ronaldinio, Xavi, Kaka, Andres Iniesta – bularning barchasi ushbu musobaqada ishtirok etgan. Messini aytmasa ham bo'ladi, u 4 marta oltin to'pni yutishidan avval 2005 yilda ushbu musobaqa g'olibiga aylangandi.
Jamoalar faqat stadionlar va mashg'ulot maydonlarini ko'rishadimi, yoki ularda mezbonlik qilayotgan shaharlarini aylanishga ham imkoniyat bo'ladimi?
- Aminmanki, musobaqaga mezbonlik qiluvchi barcha 7 shahar ham turnirga o'ziga hos nafas bera oladi. Turkiya juda katta davlat, u Evropa va Osiyoning chegarasida joylashgan va qadim tarixga ega. Ishonchim komilki, har bir futbolchi, murabbiy va rasmiy shaxslar ushbu davlatda mazza qilib turib ketishadi.
Muxlislar aloxida kuzatib borishlari lozim bo'lgan jamoalar bormi?
- Bu juda qiziqarli turnir bo'ladi. Bu erda bir qancha muhim jamoalar bor. Masalan Kuba va El Salvador tarixda birinchi marta jahon chempionatiga chiqishlari. Ular musobaqada qanday qatnashishlarini kuzatish qiziq. Janubiy Amerikadagi vaziyat ham juda qiziqarli. Tarixda birinchi marta na Braziliya va na Argentina musobaqa yo'llanmasiga ega bo'la olishmadi. Biz Janubiy Amerika chempioni Kolumbiya va boshqa uchta jamoalaridan ko'p narsani kutishimiz mumkin. Va nihoyat Greciya jamoasi ham birinchi bor turnirda ishtirok etmoqda. Ular Evropa qitasidagi saralash musobaqasi finalchilari hisoblanishadi va ular ham kutilmagan natijalarni ko'rsatishlari mumkin.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar