So’nggi yangiliklar

17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  1 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  2 16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  4 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  3 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  4 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  3 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  1 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  2 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  2 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  1 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  7 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  17 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1

"Zenit"/Dzyuba/Semak - fantastika! Piterda "Zenit" "Dinamo"ni sharmanda qildi! (VIDEO) Yangiliklar

"Zenit"/Dzyuba/Semak - fantastika! Piterda "Zenit" "Dinamo"ni sharmanda qildi! (VIDEO)

Evropa ligasi kvalifikaciyasining 3-raundida "Zenit" Minskning "Dinamo" jamoasi bilan kurashdi.

Dastlabki uchrashuvdagi yirik mag'lubiyatdan (4:0) so'ng piterliklarning keyingi raundga chiqish imkoniyatlari juda pasaygandi.

Sergey Semak qo'l ostiga o'tgan "Zenit" 4-raundga chiqishi uchun kamida 5ta gol urishi va o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormasligi lozim edi.

SHuningdek, "Zenit" uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli o'z muxlislarisiz o'tkazdi. "Petrovskiy"da faqatgina Belarusdan kelgan "Dinamo" muxlislari o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlab turishdi.

SHunday qiyinchiliklarga qaramasdan Semak shogirdlari katta sensaciya qayd etishni uddasidan chiqishdi. Ammo ajoyib "kambek"ni amalga oshirish yo'lida esa ular sanab o'tilgan qiyinchiliklardan ham ko'prog'ini engib o'tishlariga to'g'ri keldi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida Paredes tomonidan kiritilgan gol evaziga "Zenit" hisobda oldinga chiqib oldi. Keyinchalik uyushtirilgan ko'plab hujumlar esa besamar ketdi. SHu tariqa jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim startida "Zenit" tashabbusni yana to'liqligicha o'z qo'liga olishga erishdi. Uchrashuvning 66-daqiqa Noboa belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi "Zenit"ga umid uchqunlarini uyg'otdi.

Ammo bahsning 72-daqiqasida Paredes hakam tomonidan ikkinchi ogohlantirishga loyiq ko'rildi va maydondan chetlatildi. Bu esa "Zenit"ning qilishi mumkin bo'lgan "kambek"ini yanada qiyinlashtirdi. Aniqrog'i, ko'pchilik kamchilikda qolgan "Zenit" qolgan 18 daqiqa davomida ikkita gol urishiga ishonmadi. Lekin qizil kartochkaga qaramasdan "Zenit" hujumkorlikni oshirdi va raqibga katta bosim uyushtirishni to'xtatmadi. Semak esa bu orada zaxiradan maydonga yordam kuchlari - Zaboltniy hamda Driussini tashladi.

O'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida katta sahnaga tinib-tinchimas Artyom Dzyuba chiqdi. Aynan uning goli "Zenit"ga bugun "kambek"ni amalga oshira olishlariga ishonch paydo qildi. Goldan ruhlangan "Zenit" esa hujum qilishdag charchamadi va natijada yana o'sha Dzyuba kutilmagan va aslida o'xshamagan zarbasi bilan ikki o'yin natijasiga ko'ra muvozanatni tiklashga erishdi - 4:4!

SHu tariqa jamoalar uchrashuvni asosiy vaqtini yakunlashdi.


Bir kishi kam bo'lib qolgan "Zenit" qo'shimcha bo'limlarning birinchi taymida biroz engil tin oldi. Natijada himoyadagi birgina xato evaziga raqib uzoq kutilgan mehmonda ikkita gol qiymatiga teng to'pni urishga muvaffaq bo'ldi. "Dinamo" azosi Yaxaya Lunin bartaraf etgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 4:1.

Bor kuchini sarflagan, kamiga bir kishi kam bo'lib, deyarli imkonsiz ko'ringan ishni bajargan "Zenit" endi qayta uyg'onishi va "Dinamo" darvozasiga yana ikkita gol urishiga ishonish qiyin edi. Ammo "Zenit" futbolchilari va Semak bunga ishonishdi va hakam xushtagi yangraguncha kurashni to'xtatishmadi. Natijada esa ko'zlangan maqsad va amalga oshirish nihoyatda qiyin bo'lgan vazifa uddalandi.

Bir kishi kam bo'lib qolgan "Zenit" 120 daqiqa davomida uchrashuv tizgini to'liq o'z qo'lida saqladi va hujumkorlikni bir zum bo'lsada to'xtatmadi. Qo'shimcha bo'limlarning ikkinchisida Driussi Dzyuba davom ettirgan hujumni golga aylantirdi. Oradan ko'p o'tmay Dzyuba belgilangan penaltini ancha sovuqqonlik bilan amalga oshirdi va ikki o'yin natijasiga ko'ra "Zenit"ni nihoyat hisobda oldinga olib chiqdi - 6:1 (6-5).

Qo'shimcha taymning oxirgi bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda ham hujumdan chekinmagan "Zenit" yana penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi va zaxiradan maydonga tushgan Mak barcha masalani o'zil-kesil hal etdi - 7:1.

Ammo hakam final xushtagini chalishga ulgarmasidanoq Mak yana bir bor "Dinamo" darvozasini ishg'ol etishga ulgurdi - 8:1.

SHu tariqa "Zenit" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Dinamo" Minskni 8-5 hisobida dog'da qoldirdi va keyingi raundga yo'l oldi.

Sergey Semak qo'l ostida fantastik o'yin va ajoyib natijani qo'lga kiritgan "Zenit" hech kim ishonmagan paytda "kambek"ni amalga oshirdi.

O'z uyida, qadrdon stadionida faqatgina raqib muxlislari kirgan o'yinda tablodagi 0:4 hisobini yakunda 8:5 aylantirgan "Zenit" har qanday maqtovlarga loyiq natija qayd etdi. Qo'shimchasiga qolgan 38 daqiqani "Zenit" bir kishi kam bo'lib o'tkazdi va 10 kishi bo'lib raqib darvozasiga 6 marotaba yo'l topishga erishdi.


Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi esa so'zsiz Artyom Dzyuba bo'ldi. Hujumchi nafaqat muhim gollarni urdi, xet-trik qayd etdi, balki Driussining goliga hammualliflik qildi.


Evropa ligasi.

Kvalifikaciya. 3-raund. Javob uchrashuvi.

Zenit Rossiya – Dinamo Minsk Belarus 8:1 (1:0, 3:0, 0:1)

«Petrovskiy»

Gollar
: 1:0 – 22 Paredes, 2:0 – 66 Noboa, 3:0 – 75 Dzyuba, 4:0 – 78 Dzyuba, 4:1 – 99 Yaxaya, 5:1 – 109 Driussi, 6:1 – 115, penalti Dzyuba, 7:1 – 120, penalti Mak, 8:1 – 120 Mak.

Zenit – Lunev, Mevlya, Ivanovich, Anyukov, Nabiullin (Zabolotnyy, 59), Noboa (Smolnikov, 103), Paredes, Eroxin (Mak, 102), Kuzyaev, Ernani (Driussi, 61), Dzyuba.

Dinamo Minsk – Gorbunov, Begunov, Rosha (Gavrilovich, 92), Galovich, SHitov, Trebotich (Navalovskiy, 72), Yaxaya, Korzun, SHvecov, Xvashhinskiy (Kaplenko, 55), Ivanov (Makas, 65).

Ogohlantirishlar: Noboa (11), Begunov (22), SHvecov (45), Paredes (64).

CHetlatishlar: Paredes (72), SHvecov (120).


Birinchi o'yin - 0:4.


Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика