"Zenit" va "Lokomotiv" - CHerishev uchun asosiy davogarlar
06 may 2020 16:08
Yangiliklar


"Zenit" va "Lokomotiv" - CHerishev uchun asosiy davogarlar
"Valensiya" yarim himoyachisi Denis CHerishevni bir necha RPL klublari o'z safida ko'rmoqchi.
Oldinroq, "Valensiya" transferlar oynasida bir nechta o'yinchilar bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi, ularning orasida rossiyalik xavbek ham bor. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.
CHerishev uchun bosh davogar "Zenit" hisoblanadi. Klub rossiyalik futbolchini Sebastyan Driussining o'rnida o'ynatmoqchi. "Lokomotiv" ham Aleksey Miranchukning ketishi sabab unga befarq emas.
O'yinchining xizmatlariga shuningdek "Spartak", "Rostov", "Krasnodar" va CSKA klublari ham qiziqish bildirmoqda.
La Liga koronavirus pandemiyasi sabab to'xtab qolgan. CHerishev esa 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan. Uning transfer narxi 4,8 million evroni tashkil etadi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar