"Zenit" va "Gent" uchrashuvini portugaliyalik hakamlar boshqaradi
07 dek 2015 18:32
Yangiliklar


"Zenit" va "Gent" uchrashuvini portugaliyalik hakamlar boshqaradi
CHempionlar ligasi guruh bosqichi, 6–tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvlarga tayinlangan hakamlarni UEFA rasmiy sayti malum qildi.
“Gent” va “Zenit” uchrashuvi portugaliyalik hakamlarga ishonib topshirildi. Bosh hakam Manuel de Souza Nevesh, unga qanotlarda Bertinu Miranda va Alvaru Meskuitalar yordam berishadi, darvoza ortida Karlush SHistra va Joau Kapelalar hakamlik qilishadi.
Zaxira hakami etib Rikardu Santush tayinlangan. Eslatib o'tamiz, uchrashuv 9 dekabr kuni “Gent” maydonida Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar