“Zenit” safarda samaraliklarni mag'lub etdi
30 okt 2018 00:01
Yangiliklar
“Zenit” safarda samaraliklarni mag'lub etdi
Samaraning “Krilya Sovetov” klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida “Zenit”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yagona gol o'yinning 22-daqiqasida Paredes tomonidan kiritildi. Bu Paredesning "Zenit" libosida kiritgan 55-goli bo'ldi.
O'yinning 78-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Roxel maydondan chetlatildi. Bugungi g'alabadan so'ng piterliklar turnir jadvalida peshqadamliklarini yanada mustahkamlab olishdi. "Zenit" ikkinchi o'rinda borayotgan "Krasnodar"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Rossiya chempionati. 12-tur
Krilya Sovetov – Zenit 0:1 (0:1, 0:0)
“Samara-Arena”
Gol: 0:1 – 22 Paredes.
Krilya Sovetov – Rijikov, CHicherin, Burlak, Roxel, Zotov, Mollo (Yakovlev, 70), Bashkirov, Anton, Tkachuk, Kanunnikov (Sobolev, 90), Kornilenko (Samarjich, 81).
Zenit – Lunev, Ivanovich, Mammana, Netu, CHernov (Anyukov, 79), Markizio, Paredes, Mak, Kuzyaev (Ozdoev, 90), Eroxin (SHatov, 56), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Roxel (8), Mammana (52), Kornilenko (59), Netu (60), CHicherin (63).
CHetlatish: Roxel (78).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar