"Zenit" – mamlakat chempioni, Rossiya klublari esa evrokuboklarga qaytmoqda"
01 jan 2024 12:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/761802_original.jpg)
![](/upload/storage/761802_220.jpg)
"Zenit" – mamlakat chempioni, Rossiya klublari esa evrokuboklarga qaytmoqda"
Andrey Arshavin kirib kelgan yangi 2024 yildan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
– Kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman! Barchani sport bilan shug'ullanishga, sog'lom turmush tarziga amal qilishga, musobaqalarda ishtirok etish va sovrinlarni qo'lga kiritish hamda salomat bo'lib qolishingizni tilayman.
– Siz uchun ideal 2024 yil?
– "Zenit" – mamlakat chempioni, Rossiya klublari esa evrokuboklarga qaytmoqda, – dedi "Zenit" va Rossiya termasi sobiq futbolchisi.
Sankt-Peterburg klubi so'nggi 5 yilda Rossiya chempionligini qo'lga kiritgan. Bu mavsum jamoa 18 turdan keyin Mir RPLda 2-o'rinni egallab turibdi va etakchi "Krasnodar"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi va klublari FIFA va UEFA musobaqalaridan 2022 yilda chetlatilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar