"Zenit" "Lokomotiv"ni yirik hisobda engib, Rossiya Superkubogi sohibiga aylandi
17 iyu 2021 23:26
Yangiliklar
"Zenit" "Lokomotiv"ni yirik hisobda engib, Rossiya Superkubogi sohibiga aylandi
"Zenit" Rossiya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Bugun "Zenit" va "Lokomotiv" klublari Rossiya Superkubogi uchun maydonga chiqishdi. Uchrashuvda yirik hisobda Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi g'alaba qozondi. 25-daqiqada Daler Kuzyaev hisobni ochdi. 57 va 83-daqiqalarda esa Sardor Azmun va Aleksandr Eroxinlar bittadan gol kiritib, "Zenit"ning yirik hisobdagi g'alabasini taminlashdi. SHu tariqa, "Zenit" klubi Superkubokni qo'lga kiritib, yangi mavsumni sovrin yutish bilan boshladi.
"Zenit" 3:0 "Lokomotiv"
Gollar: Daler Kuzyaev, Sardor Azmun, Aleksandr Eroxin
Fikrlar