Zelke qishda jamoasini almashtiradi

29 dek 2016, 01:49
Germaniyaning mashhur "Sport Bild" nashrining ma'lum qilishicha, "RB Leyptsig" jamoasi hujumchisi Zelke faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.


Asosan zaxirada qolib ketayotgan Devi Zelke qishki transfer bozori paytida o'ziga yangi jamoa topish ilinjida.

Devi Zelkening xizmatlariga Bundesliganing "Bayer", "Borussiya M" jamoalari qiziqishmoqda.
Angliyaning amaldagi chempioni "Lester" hamda "Stok Siti" klublari ham Devi Zelkeni o'z tarkiblariga ko'rishni istashmoqda.

Devi Zelke ushbu mavsumda jami 10ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 2 marotaba ishg'ol etishni uddasidan chiqdi. Shuningdek, Zelke joriy mavsumda jamoasining bitta goliga assistentlik vazifasini bajarib berdi. Hujumchi maydonga tushgan 10 uchrashuvdan faqatgina bittasini boshlang'ich tarkibda boshlagan.

Bundesliga jamoalari qishki tanaffusda qayerda yig'in o'tkazishadi

Germaniya Bundesligasi turnir jadvali bilan tanishing


O'xshash yangiliklar


Manba: sport bild