Zeedorf qo'l ostidagi Kamerun Komor orollarini mag'lub eta olmadi
09 sen 2018 00:10
Yangiliklar
Zeedorf qo'l ostidagi Kamerun Komor orollarini mag'lub eta olmadi
Kamerun terma jamoasi yangi bosh murabbiy Klarens Zeedorf qo'l ostidagi ilk uchrashuvda Komor orllari bilan durang (1:1) qayd etdi.
Bu Afrika millatlar kubogi-2019 musobaqasiga saralashi bahsi edi. Kamerunliklar 15-daqiqada gol o'tkazib yuborishdi va 80-daqiqada hisobni tenglashtirishdi.
Bu nafaqat Zeedorf, balki uning assistenti Patrik Klyuyvert uchun ham debyut uchrashuv edi. Ular avgust oyida jamoa ustozi sifatida elon qilingandi.
Afrika millatlar kubogi 2019 yil iyun-iyul oylarida o'tkaziladi. Kamerun terma jamoasi turnirning amaldagi g'olibi bo'lgani tufayli, jamoaning saralashdagi natijasi ahamiyatga ega emas.
Fikrlar