So’nggi yangiliklar

07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  34 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3

Zbignev Bonek: “UEFAda futbol bor, FIFAda siyosat va ifloslik” Yangiliklar

Zbignev Bonek: “UEFAda futbol bor, FIFAda siyosat va ifloslik”

Polsha futbol federaciyasi prezidenti Zbignev Bonek futbolchilik faoliyatida Mishel Platini bilan birga o'ynagan.


EVRO-2016 qura tashlash jarayonidan avval Bonek “Ekip” nashri muxbirining savollariga javob qaytarib, jahon futbolidagi vaziyat xususida ochiq-oydin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


Siz Mishel Platini bilan 30 yildan ortiqroq vaqtdan beri do'stsiz...

– Biz 1979 yil iyun oyida tanishganmiz. “Yuventus”ga o'tishidan uch yil avval. O'shanda Argentina va jahon terma jamoalari o'yinida ishtirok etish uchun bir xonada bir hafta istiqomat qilganmiz. O'sha paytda bu yigit bilan hamkorlik qilish mumkinligini o'ylagandim, garchi xarakterlarimiz boshqa-boshqa bo'lsa-da. Keyin Turinda birga o'ynadik. Rafiqam o'shanda universitetda talim olgani bois francuzchada juda yaxshi gapirardi. U Mishelning xotini Kristel bilan tanishib olgan va ular dugona bo'lib ketishgandi. O'zim francuz tilida ozgina gapira olardim, 4 yil maktabda o'qigandim. So'z boyligim Mishelga biror narsani tushuntirish uchun etardi. Maydonda bir-birimizni yarim so'zdanoq tushunardik, birgalikda tandem hosil qilgandik.

U bilan jamoadagi ikki legioner bo'lgansiz. Bunda o'z-o'zidan yaqinlashib ketasiz.

– Juda to'g'ri. Jamoada italiyalik futbolchilar ko'p edi, ular 1982 yil jahon chempioni bo'lishgan. Biz esa chempionatda 3 va 4-pog'onani egallagan mamlakatlar vakillari sifatida kelgandik. Biz yuqori saviyadagi futbolchilar hisoblanardik.

– Qiyin bo'lgan vaziyatda Platinida FIFA prezidenti bo'lish uchun imkoniyat qanday?

– Barcha xavfli dushmanga aylandi va Blatter Platinini cho'ktirib yuborishni istaydi. Lekin nomzodlar orasida u ishonchga arziydigan yagona inson, fikrimcha. Va yana Janni Infantino ham.

Biroq Mishelning obro'siga putur etdi.

– Eshiting, agar u Blatter bilan biror yomon ishni amalga oshirganda nomzodini qo'yishga jazm etarmidi? U aniq ishi uchun pul olgan. Platini FIFAda ishlarni qaytadan yo'lga qo'yishi mumkin, xuddi UEFAda bajarganidek. U prezident bo'lgan paytda klublar va federaciyalar bilan janjal boshlangandi. Mishelga bir necha marta aytganman: “Sen UEFA prezidentisan, UEFAda hamon futbol bor. FIFA esa siyosatga aylangan. Siyosat bor joyda ifloslik bo'ladi”.

Nega u sizga quloq solmadi?

– U o'zining holati va harakati FIFAni tozalashga yordam beradi deb o'yladi. Biroq ko'pchilik uning nomzodini yo'q qilishni xohlamoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham Platinini bu yil UEFA prezidentligiga qayta saylashdi.

– Lekin Evropada birlashish yo'qdek. Angliya Platiniga bog'liq ish yakuniga etmaguncha uning nomzodini qo'llamasligini elon qildi.

– Inglizlarni tushunaman. FIFA ularga jahon chempionati mezbonligini bermadi. Keyin korrupciya haqida gapirishdi. Bunday vaziyatlarda qizishish kerak emas. Platinini 35 yildan beri bilaman. U bilan ro'y bergan vaziyat haqqoniy emas. Nima bo'lsa ham uning tarafidaman. U mening do'stim. Do'stni kulfatda tashlab ketilmaydi.

U qaerda xatoga yo'l qo'ydi?

– Barchasini tahlil qilib chiqish kerak. Mishelning muammosi shundaki, u biznesmen emas. Ikki millionni ko'chirib o'tkazishda bunday engil o'ylamaslik kerak edi. Baribir katta miqdor va Platining obro'siga tasir qilish uchun ajoyib bahona. Gap 50 yoki 100 ming evro haqida ketsa, boshqa gap edi.

– Bu holatda etika qo'mitasining o'rni qanday?

– So'zlarni ketma-ket “qo'mita”, “etika” va “FIFA” ko'rinishida tuzish kulguni qistatadi. FIFAning oxirgi saylovida Blatterga ovoz bermasligimni aytganman.

Biroq Franciya futboli rahbari Noel le Graet u uchun ovoz bergandi.

– Blatter uchun ovoz berish FIFAning barcha kamchiliklariga ovoz berishga teng. Graet – hamkasbim, biroq u Stokgolm sindromi qurboni! Blatter chiqqan paytda uni saylashmagan biror holat bo'lmagan. SHuning uchun prezidentlik muddatiga 4 yildan 2 muddatga cheklov qo'yish lozim. FIFA prezidenti abadiy monarx degani emas. Tasavvur qiling, 20 yildan keyin Varshavaga kelib, yana meni o'z kabinetimda ko'ryapsiz.

FIFAda hozir ishlar rasvo. Nima qilish kerak?

– Vaziyat juda jiddiy. Islohot zarur, boshqaruvda ham. Hozir FIFAda hokimiyatga egalar uni yo'qotishni istamaydi. FIFA – bosh tashkilot, shu sababli rahbarlarda uni saqlab qolishga hamisha katta ishtiyoq bor. Eng katta muammo aynan shunda. Haqiqiy nazorat yo'q.

– Qatarning JCH-2022ni olishi haqida qanday o'ylaysiz?

– Bu qarorni tushunmaganman. Ular uchun ovoz bermaganman. Qatarda qanday futbol bo'lishi mumkin?

Lekin Mishel Platini Qatar uchun ovoz bergan.

– Sizga aytdim: Mishel va men – turlicha odamlarmiz. Bu tanlov sport va katta biznes o'rtasidagi bog'liqlikni isbotlaydi.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика