So’nggi yangiliklar

09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  9

Zaxirasiz qolib ketgan jamoalar yoxud “Futbol-MED”ning tasiri Yangiliklar

Zaxirasiz qolib ketgan jamoalar yoxud “Futbol-MED”ning tasiri

Oxirgi paytlarda oliy liga va birinchi liga klublarining mavsum boshida va ikkinchi davra arafasida Toshkentdagi “Futbol-MED”da tibbiy ko'rikdan o'tkazilayotgani va uning kuchi katta bo'layotganini ko'rishimiz mumkin.
Ayniqsa davralar oralig'ida ko'plab futbolchilar CHig'atoydagi “Futbol-MED” ko'rigidan muvaffaqiyatli o'ta olmadi. Ularning orasida xorijlik futbolchilar ham etarlicha topiladi. Devid Oniya, Ebax Tobei hamda Vyacheslav SHevchenko kabi uzoq xorijdan tashrif buyurgan futbolchilar aynan tibbiy ko'rikdan o'ta olmay, chempionatimizda o'ynash imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Bilishimizcha, hozirgi kunda ham oliy liganing aksariyat jamoalarida aynan tibbiy ko'rik bilan bog'liq muammolar yo'q emas.

Kuni-kecha start olgan birinchi liganing ikkinchi davra o'yinlarini kuzatar ekanmiz. Ushbu ligadagi jamaolarda ham shu kabi xolat yuz bergan. Yani birinchi liga jamoalari ham “Futbol-MED” ko'rigidan o'tishgan. Ayrim jamoalarning bir qator o'yinchilari undan muvaffaqiyatli o'ta olmay, qayta davolanishga jo'natilgan.

Xususan Nukusning “Orol” jamoasi 1-turda Qo'qonga safar uyushtirdi. Nematulla Qutiboev jamoasi shu kuni o'yinni bitta darvozabon bilan o'tkazdi. Zaxira posboni yo'q. Agarda Xudo ko'rsatmasin, asosiy golkiper Ulug'bek Yangiboev jarohat olgudek bo'lsa, xo'sh u xolda darvozani kim qo'riqlaydi? Nukusliklarning nima uchun vodiyga bitta darvozabon bilan kelganini hozircha aniqlab etmadik.

Birinchi ligada arang ishtirok etib kelayotgan Samarqandning “SHerdor” jamoasi ham Andijonga ikkita zaxira o'yinchisi bilan kelgan. Bu jamoaning “UzDongJu”ga qarshi kechgan bahsini bevosita stadionda kuzatdik. “SHerdor”ning ayrim liboslaridagi raqamlar o'chib ketgan. Uchrashuv hakami buni beetibor qoldirgan ko'rinadi. 10-raqamda harakat qilgan SHoxruh Islomovning libosidagi 1 raqam o'chib ketib, faqat 0 raqam ko'rinib turardi. Uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyini suhbatga tortib, muammolar haqida so'ramoqchi bo'ldik. Biroq yirik hisobdagi mag'lubiyat sababmi, bilmadigu, Sayfullo SHaripov intervyuni berishni istamadi.   

Birinchi liganing yana bir vakili “Istiqlol” esa o'z maydonida “SHo'rtan”ni qabul qildi. Qizig'i ushbu jamoa ham o'yinni bitta zaxira o'yinchisi bilan o'tkazgan. Yani zaxirada birgina darvozabon Ubaydullo Inoyatullaev bilan o'tkazdi. Olgan malumotlarimizga ko'ra, “Istiqlol”ning bitti zaxira o'yinchisi bilan qolib ketishiga aynan “Futbol-MED” sabab. CHunki Kamol Jo'nashev boshqaruvidagi jamoadan qariyb 8 nafar o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan. Katta extimol bilan bu jamoa ertaga “Mashal-2”ga qarshi kechadigan bahsni ham bitti zaxira o'yinchisi bilan o'tkazadigan bo'lib turibdi.

Norasmiy malumotlarga ko'ra, Toshkentning yana bir jamoasi “Obod”dan ham 12 nafar futbolchi tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan. Lekin bu jamoaning shanba kuni “Xorazm”ga qarshi kechgan bahsida zaxira o'rindig'i uzun edi.

Ushbu holat bo'yicha bilganlarimiz hozircha shular. Surishtiruvlarimizni davom ettirgan xolda, bu haqda keyinroq sizlarga yana etkazamiz. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика