Zangiota va O'rtachirchiq jamoalari g'olib
03 iyu 2018 10:19
Yangiliklar
Zangiota va O'rtachirchiq jamoalari g'olib
Toshkent viloyati sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan o'tkazilgan musobaqada 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar jamoalaridan iborat 200dan ziyod yosh futbolchilar g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritishdi. 2006 yilda tug'ilganlar orasida Rustam Isroilov boshchiligidagi Zangiota jamoasi final uchrashuvda olmaliqlik tengqurlari ustidan 1:0 hisobida ustun kelib, 1-o'rinni egallashdi. 2005 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida esa O'rtachirchiq tumani jamoasi hal qiluvchi bahsda Olmaliq jamoasini 1:0 hisobida dog'da qoldirdi.
Turnir yakuniga etgach, tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan sovrinlar – koptoklar, futbol liboslari g'olb va sovrindorlarga topshirildi.
Fikrlar