So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Zangiota hokimi Kubogi. XTB g'olib! Yangiliklar

Zangiota hokimi Kubogi. XTB g'olib!

Xabar berganimizdek, kecha bir oy davom etgan Zangiota hokimi Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hal qiluvchi uchrashuvda "Nazarbek" qishloq fuqarolar yig'ini va tuman xalq talimi boshqarmasi jamoalari maydonga chiqdi. Qiziqarli, hujumkor ruhda o'tgan bellashuvda XTB 2:0 hisobida g'alaba nashidasini surdi. Aytish kerak, har ikkala gol ham bir-biridan chiroyli tarzda darvozadan joy oldi. Birinchi golda Dilshod Yunusmatov professionallarga xos tarzda harakat qildi. Futbolchi jarima maydoni tashqarisida bir "zamax" bilan himoyachini "yiqitib", tezlik bilan darvozabonni oldiga yaqinlashdida, yana bir "zamax" orqali uni ham maydonga "qulatdi" va osonlik bilan to'pni uning ustidan darvozaga tashlab qo'ydi. Ochig'i, bunday gollarni anchadan beri oliy va birinchi liga o'yinlarida ham ko'rmay qo'ygandik. Ikkinchi gol esa, 35 metrlardan urildi. Hasan Abdullaevning zarbasini traektoriyasi shunday chiroyli chiqdiki, finalni rostakamiga bezab, muxlislarga quvonch bag'ishladi. SHu tariqa XTB musobaqa g'olibiga aylandi. Final bahsi yakunlangach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 


ZANGIOTA HOKIMI KUBOGI - 2016

NAZARBEK - XTB - 0:2 (0:1)

20 avgust. Keles. "Z.Jalilov" o'yingohi. 620 tomoshabin.

Bosh hakam: Saidxon Boyxo'jaev.

Qanot hakamlari: Sultonmurod Ulfatov, Iskandar Zoitov.

Zaxiradagi hakam: Oybek Umarov.

Gollar: Dilshod Yunusmatov, 17 - 0:1. Hasan Abdullaev, 42 - 0:2.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика