So’nggi yangiliklar

17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  6 17:45Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 17:42Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 2:3 (онлайн ҳисоб)  27 17:32Ўзбекистон U-23 — Саудия Арабистони U-23. Таркиблар маълум!  44 17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  2 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  4 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  3 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  4 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0

Mutolaa uchun. Zamonamiz qahramonlari: kimlar "Nyukasl"ni orzu tomon boshlashmoqda Yangiliklar

Mutolaa uchun. Zamonamiz qahramonlari: kimlar "Nyukasl"ni orzu tomon boshlashmoqda

"Hakkalar"ning qayta tug'ilishini baholaymiz.

"Nyukasl" Angliya Premer-ligasining dastlabki yarmidagi eng qiziqarli jamoalardan biri bo'ldi. "Hakkalar" jamoasi boshidanoq o'zlarini jiddiy narsa uchun davogarlik qiladigan qattiq jamoa sifatida ko'rsatishdi. Albatta, gap sovrin yutish haqida ketmayapti, ammo Eddi Xau jamoasida kelasi mavsum CHempionlar ligasiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar bor. Buni "Nyukasl"ning APL turnir jadvalidagi uchinchi o'rni ham tasdiqlab turibdi.

Albatta, jamoaga bir vaqtning o'zida ko'plab Angliya top-klublarida qiyinchilik boshlangani yordam berdi. "Manchester Yunayted" yaqinda yaxshiroq o'ynashni boshladi, "Liverpul"da kadrlar muammosi bor, "Tottenxem" hali ham tarkibini shakllantirmoqda, "CHelsi" esa umuman barchasini boshidan boshlashga qaror qilgan.

Ammo, "Nyukasl"ning muvaffaqiyatlarini faqatgina omadga bog'lash noto'g'ri. "Hakkalar" joriy mavsum APLda faqatgina bir bor mag'lubiyatga uchrashdi. Etakchi "Arsenal"da ham huddi shunday ko'rsatkich. "Nyukasl"ning muvaffaqiyatlari jamoaviy ish samarasi, ammo kimlarnidir ajratib ko'rsatish mumkin.


Eddi Xau

"Nyukasl"ning sotuvidan so'ng ko'plar jamoa boshqaruvida katta miqdordagi sovrinlarni qo'lga kiritgan murabbiyni ko'rishni kutgandi. Ammo, hech qaysi top mutaxassis quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashayotgan jamoani qabul qilishga rozi bo'lmagan bo'lardi. Klubning yangi rahbariyati Eddi Xauni tayinlab to'g'ri yo'l tutdi. "Bornmut"ni 4-diviziondan Premer-ligaga olib chiqqan murabbiy qanday ishlashni biladi.

"Nyukasl"ga kelgan Xau birinchi bo'lib mashg'ulotga yondashuvni o'zgartirdi, aniqrog'i ularning intensivligini oshirdi. Bu esa "hakkalar"ga o'zlarining hozirgi uslublari bo'lmish tajovuzkorlik, dinamiklik va yuqori pressing bilan harakat qilishga imkon berdi. "Nyukasl" futbolchilarning doimo yuqori jismoniy formada bo'lishi orqali ko'plab raqiblar bilan kuch taraflama o'ynashi mumkin. Xauning klubdagi samarali o'zgarishlarini ko'plab mutaxassislar, jumladan Tomas Frank, Mikel Arteta va Xosep Gvardiola qayd etdi.



Nik Poup

Xau jamoani qaytadan qurishni mudofaa va darvoza chizig'idan boshladi. SHunday qilib "Nyukasl"da Nik Poup paydo bo'ldi. "Hakkalar" o'tgan yozda "Byornli" futbolchisi bilan 11,5 mln evro evaziga shartnoma imzolashdi va uni CHempionshipga tushib ketishdan saqlab qolishdi. 30 yoshli darvozabon joriy mavsum 10ta "quruq" seriya o'tkazgan holda, APLda eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Bundan tashqari, "Nyukasl" o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha (11) hatto "Arsenal"dan ham oldinlab ketgan holda, Premer-ligada birinchi o'rinni egallab turibdi. Bunda Poupning katta xizmatlari bor.



Kiran Tripper

Tripper klubning yangi loyihasiga birinchi bo'lib ishonganlardan bo'ldi. 32 yoshli fulbek roppa-rosa bir yil oldin Ispaniya chempioniga aylangan "Atletiko"dan ketib, "Nyukasl"ga o'tdi. Kiran dastavval yangi jamoa bilan tushib ketishdan saqlanish uchun kurashdi, endi esa CHempionlar ligasiga chiqish uchun harakat qilmoqda. Tripper klubning muhim o'yinchisi hisoblanadi. U mudofaada ham, hujumda ham birdek yaxshi o'ynaydi. Bundan tashqari, Kiran jamoada standartlarni eng yaxshi ijro etadiganlardan biridir. Bu juda muhim, sababi "Nyukasl" APLdagi eng baland jamoalardan biri. Tripperning o'zi ham zarba yo'llashi, ham darvozaga yaqin joyga uzatma ijro etishi mumkin.



Bruno Gimaraes

Gimaraesning "qora-oqlar" safida o'ynayotganiga hali bir yil ham bo'lmadi, ammo uni allaqachon top-klublar kuzatmoqda. Braziliyalikka jamoa topishda omad keldi. Bruno hujumkor turdagi tanyach o'yinchi hisoblanadi, hozirgi "Nyukasl" esa unga yaxshi mos tushadi. 25 yoshli yarim himoyachi tez-tez nafaqat raqib hujumini buzadi, balki o'zinikini ham rivojlantiradi. U joriy mavsum APL doirasida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi. Bu tanyach yarim himoyachisi uchun yaxshi natija hisoblanadi. U o'z poziciyasida Premer-liganing eng samarali va xavfli o'yinchilaridandir.



Migel Almiron

Almiron joriy mavsum "Nyukasl"ning asosiy yuzlaridan biridir. Migel "hakkalar" safida 4,5 yildan beri o'ynaydi. U bu vaqt davomida bir mavsumda hatto beshta gol ham urmagan. Joriy mavsum esa uning hisobida Premer-ligada 9ta to'p bor. Aytgancha, ularning ayrimlari Gimaraesning uzatmasidan so'ng urildi. Paragvaylik joriy mavsum "Nyukasl"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi va APL to'purarlari orasida oltinchi o'rinda. "Nyukasl"da lotin amerikaliklar ijrosida yaxshi bog'lam hosil bo'ldi va bu uzoq muddatda yaxshi natijalar keltirishi mumkin.



Kallum Uilson

Har bir jamoada tajribali o'yinchilar bo'lishi kerak va ulardan biri Uilsondir. Kallum darhol jamoa va yangi murabbiy qo'l ostidagi bog'lamga aylandi. Forvard Xau bilan yaxshi tanish, sababi u "Bornmut"da mutaxassisning qo'l ostida to'p tepgan. 30 yoshli hujumchi ustozidek elitaga Angliyaning quyi futbolidan chiqqan. Uning faoliyatida hatto 5-divizion jamoasi ham bo'lgan. Uilson hozirda CHLga intilayotgan "Nyukasl"ning muhim o'yinchisi hisoblanadi. Kallum ham gol uradi, ham assist ijro etadi va jamoadoshlariga maydonda murabbiyning g'oyalarini etkazadi. Bu yigitlar balki birgalikdagi harakat orqali klub va shahar uchun chinakam muhim ishlarni amalga oshirishlari mumkin.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика