Zayniddin Tojiev "Dinamo" bilan shartnoma tuzdi
14 mar 2014 12:16
Yangiliklar


Zayniddin Tojiev "Dinamo" bilan shartnoma tuzdi
So'nggi mavsumni Toshkentning Lokomotiv va Farg'onaning Neftchi klubida o'tkazgan tajribali hujumchi Zayniddin Tojiev kuni kecha Dinamoning Samarqanddagi mavsum oldi so'nggi mashg'ulotlariga kelib qo'shildi.
Tajribali hujumchi bugun jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi va joriy mavsumni Samarqand klubida o'tkazadigan bo'ldi. Ushbu futbolchini jamoamiz PFL zayavkasidan o'tkazib bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldinroq himoyachi Asror Aliqulov, yarim himoyachi G'ulom Urunovlar ham shartnomaga imzo chekishgandi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldinroq himoyachi Asror Aliqulov, yarim himoyachi G'ulom Urunovlar ham shartnomaga imzo chekishgandi.

Fikrlar