Zayniddin Tojiev "Buxoro"da ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
1 fev 2015, 11:08
Tajribali hujumchi Zayniddin Tojiev faoliyatini "Buxoro"da davom ettirishi mumkin.
Oliy ligada "Akademiya", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Sho'rtan", "Neftchi" kabi klublar sharafini himoya qilgan katta Tojiev "Buxoro" jamoasiga o'tishi mumkin. Futbolchi ushbu klubda ko'rikdan o'tmoqda.

Yakunlangan mavsumda "Dinamo" tarkibida o'ynagan hujumchi 25ta uchrashuvda 2ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia