So’nggi yangiliklar

01:10ЛаЛига. "Реал" - "Реал Сосьедад" (онлайн ҳисоб)  8 00:59А Серия. "Интер" - "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  14 00:58Рафинья сафга қайтишга яқин  1 00:42"Ньюкасл" камбэк амалга ошириб, "Астон Вилла"ни Англия Кубогидан чиқариб юборди  1 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалабага эришиб, 2-ўринга қайтди. Роналдудан навбатдаги гол!  5 00:18Англия Кубоги. "Ливерпуль" - "Брайтон" (онлайн ҳисоб)  1 23:47Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити" - "Салфорд Сити" учрашуви энг яхши футболчиси деб топилди  4 23:32Илҳом Абдуғаниев воҳа клуби билан шартнома имзолади  2 23:16УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади  5 22:57Расман: "Металлург" Азим Аҳмедов билан шартнома имзолади  2 22:48Харри Кейн фаолиятидаги юбилей голини урди  2 22:26Германия. "Байер" ва "Бавария"дан йирик ғалабалар  1 22:11ОКМК Россия жамоасига имкониятни бой берди  0 21:50Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  54 21:40"Шўртан" Тожикистон клуби билан муроса кўчасини танлади  0

A Seriya: "Yuventus"ning kutilmagan mag'lubiyati, "Napoli" "Roma"ni, "Jenoa" "Parma"ni engdi Yangiliklar

A Seriya: "Yuventus"ning kutilmagan mag'lubiyati, "Napoli" "Roma"ni, "Jenoa" "Parma"ni engdi

Terma jamoalar o'yinlaridan oldin A Seriya navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Benevento" kutilmaganda "Yuventus"ni yutib qo'ydi

"Inter" bu turni o'tikazib yubordi va shu sababli ham "Yuventus" ushbu o'yinga etakchiga yaqinlashib olish uchun imkoniyatdek qarardi. Tabiiyki mezbonlar o'yinni keskin boshlashdi, Ronaldu Kulushevski bilan "devor uslubida" o'ynadi va o'tkir burchakdan kuchli zarba yo'lladi, lekin mo'ljalda biroz adashdi. Ko'p o'tmay, Moratada yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin Montila vaziyatga to'g'ri baho berib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Birinchi bo'limning yana bir etiborga loyiq vaziyatida to'p "Benevento" himoyachisi qo'liga tegib, keyin darvoza ustuniga tekkandek ko'rindi, ammo hakam faqatgina burchak to'pi ekanligini ko'rsatdi. Burchakdan uzatilgan to'pni Morata darvozaga yo'lladi, lekin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi.

Qiziqi, ikkinchi bo'lim avvalida ham "Benevento" futbolchisi to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi, ammo golkiper qiyinchilik bilan bo'lsada, jamoasini goldan qutqardi. Biroq mezbonlar darvozasi oldidagi birinchi vaziyatdayoq gol kiritildi. Artur negadir o'ta qiyin yo'nalishdagi uzatmani amalga oshirgisi keldi va Gaych yo'l-yo'lakay to'pni ilib olib, keyingi harakatda darvozani aniq nishonga oldi. "Yuventus" o'tkazib yuborilgan goldan ranjigani turgan gap va "keksa sinora" oldinga tashlandi. Ammo amaldagi chempionning omadi chopmadi va Montilla shu kecha ajoyib o'yin ko'rsatdi hamda to'p o'tkazgisi kelmadi. Bazi vaziyatlarda esa Pirlo shogirdlariga aniqlik etishmasdi, yorqin misol% Ronaldu "qaychi usulida" zarba berdi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. "Yuventus" ko'plab vaziyatlar yaratdi, ammo "Benevento" yagona aniq zarba evaziga tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi.


"Napoli" "Roma"ni taslim etdi

Jennaro Gattuzo tarkibda qiziqarli o'zgarishlar qilishga qaror qildi. Jumladan hujumning oldingi chizig'ida Dris Mertens harakat qildi, o'ng qanot himoyasida esa Xyusay. O'yin starti to'liqligicha "bo'rilar" ustunligida o'tdi. Jeko va Kristanteda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, ammo ularning hech biri gol bilan yakunlanmadi. Bir necha daqiqa o'tib, endi "Napoli" gol urishi mumkin edi. Yana o'sha Kristante oddiy vaziyatda to'pni Zelinskiga "sovg'a qildi", ammo polshalik mo'ljalda adashdi. Vaqt o'tgani sari mehmonlar agressivroq harakat qila boshlashdi, natijada jarima zarbasi ishlandi va Dris Mertens uni qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. "Napoli" bosimni davom ettirdi va ko'p o'tmay, g'alatiroq gol urdi. Qanotdan uzatmadan keyin Politano (170-sm) boshi bilan to'pni oldinroqqa tashladi, bo'yi undanda pastroq Mertenes ham boshi bilan to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Bo'lim so'nggida Kristante muvozanatni tiklashi mumkin edi, ammo Brianning zarbasidan keyin darvozabon o'zini ko'rsatdi. 

"Roma" ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishni jiddiy niyat qilib tushdi. Ayniqsa Pellegrinining urinishidan keyin to'p ustunga tegdi. SHuningdek, o'ng qanotda Karsdorpning faolligini qayd etish lozim. "Napoli" esa ancha xotirjam o'ynab, qarshi hujum uchun payt poylardi. Vaqt o'tgani sari rimliklar holdan toyib, faqatgina uzatmalar orqali raqib darvozasi tomon xavf sola boshlashdi. "Napoli" himoyachilari esa bunday holatga tayyor bo'lib chiqdi. "Roma" yana bevosita raqibidan ochko ololmadi, "Napoli" esa etakchilarni qo'yib yubormayapti.


"Milan" "Inter"ga yaqinlashib oldi

Aleksandr Kokorin davolanish bilan band bir paytda, uning jamoasi "Milan"dan ochko olishga harakat qilardi. Biroq o'yinning 9-daqiqasidayoq "rossoneri" hisobni ochishdi, Ker maydon markazidan to'pni jarima maydoniga tashlab berdi va Zlatan birinchi harakatda to'pni o'nglab, ikkinchisida zarba berdi. "Fialkalar" o'zlarini yo'qotib qo'ymay, ancha tez javob qaytara olishdi. Pulgar to'pni jarima zarbasidan, huddi quroldan otgandek yo'lladi. "Fiorentina" tanaffusgacha hisobda oldinga ham chiqib olishi mumkin edi, ammo burchak zarbasidan keyin Pecelya tovoni bilan zarbasi, ustunga tegdi. Javob hujumida esa "Milan" gol urishi mumkin edi, lekin Ibragimovich darvozabonni ustidan to'pni tashlab qo'yayotganda, to'sinni poyladi.

Ikkinchi bo'lim esa "Fiorentina"ning golidan boshlandi. Vlaxovich to'pni qabul qilib Riberiga etkazdi, franciyalik tajribali futbolchi esa cho'zib o'tirmay, kuchli zarba yo'lladi. "Milan" diqqatni yo'qotmadi va oldinga tashlandi, ko'p o'tmay Ker yana bir samarali uzatmani amalga oshirdi, burchak zarbasidan keyin himoyachining pasidan Dias gol urishga erishdi. Takidlash zarur, o'yinda vaziyatlar u qadar ko'p bo'lmasada, deyarli barchasi golga aylandi. O'yin oxiriga yaqin Kessie markazdan qarshiliksiz raqib jarima maydonigacha etib bordi va to'rt raqib o'rtasidan to'pni CHalxanogluga etkazdi, turkiyalik futbolchi esa birgina urinish bilan "Milan"ni oldinga olib chiqdi. "Fiorentina" bu golga javob berishga ulgurmadi, "Milan" esa "Inter"ga yaqinlashib oldi.


"Jenoa" "Parma" ustidan g'alabaga erishdi

"Parma" o'yinni ancha faol boshladi va darhol hujumga tashlandi. Bir nechta vaziyatda Perin jamoasi joniga oro kirdi. "Jenoa" tarkibida esa faqatigana SHomurodovning faolligini  yodga olish mumkin, lekin hamyurtimizning urinishlari gol uchun etarli bo'lmadi va tanaffusda Eldor almashtirildi.

Aytish lozim, o'zgarish ish berdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Skamakka 50-daqiqadagi Zappakostaning uzatmasidan keyin to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. "Parma" yana gol urish niyatida hujumga o'tdi va Perinning "ishi ko'paydi". "Jenoa" esa yana bir yaxshi hujum tashkillashtirdi. Pyaca to'pni Skamakkaga tashlab berdi, va Janluka aylanma zarba bilan Sepeni dog'da qoldirdi. "Parma" kuchli bosim bilan, qamal uyushtirdi, ammo "grifonlar" bunday hollarda qanday harakat qilishni yaxshi bilishadi. Havodan uzatmalar va to'xtovsiz kurashni inobatga olmasa, aytarli vaziyat ham bo'lgani yo'q. Balardini chindan jamoaning himoyadagi o'yinini tartibga sola oldi. "Jenoa" tobora xavfli zonadan uzoqlashmoqda, "Parma" esa natijalari bilan maqtana olmaydi. Jamoa 19-o'rindan yuqorilashi ancha qiyin bo'ladi. 

SHuningdek: "Lacio" "Udineze"dan kuchliroq, "Speciya" uyda "Kalyari"ni engdi, "Torino" esa "Sampdoriya"ga yutqazdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика