So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  2 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

"Yuventus"ning 10-raqamli maestrosi - Del Pero! Yangiliklar

"Yuventus"ning 10-raqamli maestrosi - Del Pero!

Italiyalik mashhur sobiq futbolchi Alessandro Del Pero haqida malumotlar beramiz.

Alessandro Del Pero (Alessandro Del Piero) 1974 yilning 9 noyabrida Italiyada tug'ilgan. O'z vaqtida hujumchi sifatida o'ynagan. Faoliyatining asosiy qismini “Yuventus”da o'tkazgan. 19 yil davomida Turin klubi sharafini himoya qilgan. Italiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.

Alessandro Del Pero Italiya futbolining afsonalaridan biri hisoblanadi. CHap qanot hujumchisiga qarshi o'ynagan raqib himoyachilariga xech qachon oson bo'lmagan.

Barchasi u 7 yoshga to'lganda boshlangan. Onasi uni mahalliy “Senvendimeaanto" jamoasi futbol maktabiga olib boradi. 13 yoshida esa “Padova” futbolchisiga aylangan. Avvaliga barchasi qiyin bo'lgan. Vaqt o'tgan sari esa uning ishlari yurishib keta boshlagan. Del Pero yoshligidan eng zo'ri bo'lishga intilardi. Futbol o'yinlarini tomosha qilib, Platinining o'yinlarini diqqat bilan kuzatardi. Keyin esa mashg'ulotlarda uning harakatlarini takrorlashga harakat qilardi.

Yosh istedod sohibining o'yinlari Italiya futboli grandlarining diqqatini tortmay qolmadi. 1993 yilda “Yuventus” va “Milan” kabi jamoalar futbolchiga qiziqib qoldilar va Del Pero borasida taklif bilan chiqdilar. “Padova” rahbariyati tanlovni futbolchining o'ziga qo'yib berdi va yakunda Del Pero 2 million evro evaziga turinliklar safiga borib qo'shiladi.
Yoshlar jamoasi safidagi o'yinlardan so'ng nihoyat futbolchi A Seriyada debyut qildi. Bu 1993 yilning 12 sentyabriga to'g'ri kelgan. O'shanda “Yuventus” “Foji”ga qarshi o'yinda 1:1 hisobidagi durangni qayd etgandi. “Redjina”ga qarshi keyingi o'yinda Del Pero jamoa safidagi ilk golini kiritishga muvaffaq bo'lgan. 28-turda “Parma”ga qarshi o'yinda esa futbolchi ilk marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan va xet-trik muallifiga aylangan.
1994/95 yilgi mavsum esa futbolchi hayotidagi muhim mavsumlardan bo'ldi: o'shanda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol kiritgan futbolchi klubi bilan ilk marotaba Skudettoni qo'lga kiritadi.
22 yoshligida Del Pero qonunga binoan qurolli kuchlar safida hizmat qilish uchun jo'nab ketadi. O'sha yili CHempionlar Ligasi sovrini qo'lga kiritiladi. Biroz o'tib qitalararo kubok sohibiga aylanadi. O'shanda final bahsida “River Pleyt” mag'lub etilgan, Del Pero esa finalning eng yaxshi o'yinchisi sifatida “Toyota sovrini”ga ega chiqqan. Kelasiyili esa u Italiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. SHuningdek, “Oltin to'p” uchun kurashda nomzodlar orasidan o'rin olgan.



1997 yilning 23 fevralida “Yuventus” safida 50-golini kiritgan. Biroz vaqt o'tib, UEFA Superkubogi sohibiga ham aylanishga muvaffaq bo'lgan.
1998/99 yilgi mavsumda 8 noyabrda “Udineze”ga qarshi o'yinning 92-daqiqasida jarohat oladi. AQSHlik shifokorlar qo'l ostida davom etgan 9 oyni futbolchi maydondan tashqarida o'tkazib yuborgan.

2001/02 yilgi mavsumda esa raqiblar darvozasiga 21 ta gol kiritdi. Mavsum so'nggida esa sardorlik bog'ichini unga ishonib topshirishadi.
2002/03 yilgi mavsumni esa o'ziga hos sermahsullik bilan boshlagan. Dastlabki 7 ta o'yinda 10 ta gol. O'sha yilgi ECHL finalida esa “Yuventus” penaltilar seriyasida “Milan”ga imkoniyatni boy berib qo'yadi.
2005 yil esa Del Pero – Trezege tandemining sermahsul o'yinlari bilan yodda qolgan.


B Seriyadagi mavsum

“Yuventus”ning quyi ligaga ravona bo'lishi jamoa tarkibida sezilarli o'zgarishlar bo'lishiga sabab bo'ldi.
Turinliklar B Seriyadagi mavsumni 17 ochkolik jarima bilan boshladilar. 2006 yilning 16 sentyabrida Aleks faoliyatidagi 500-golini kiritgan (shulardan 486 tasi “Yuventus”da, 14 tasi “Padova”da). Mavsum  davomida 20 ta gol bilan B Seriya to'purari bo'lgan.

2008 yilda Italiyada yil sportchisi deb topilgan.
2011 yilning oktyabrida “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli 2011/12 yilgi  mavsum Alessandro uchun “Yuve” safidagi so'nggi mavsum bo'lishini malum qildi.
Kelasi yil 30 iyun kuni esa futbolchi muxlislarga minnatdorchilik bildirgan holda “Yuventus”dan ketayotganini malum qildi.


"Sidney"

SHu tariqa, erkin agentga aylangan futbolchi transfer oynasining so'nggi kunida “Sidney” safiga borib qo'shilgan. 2012 yilning 5 sentyabrida klub bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkan. Oradan bir oy o'tib esa yangi jamoasi safida ilk marotaba maydonga tushgan. Aleks “Sidney” safida ham 10-raqamda o'ynagan.




“Deli Dinamos”

2014 yilning 28 avgustida Hindistonning “Deli Dinamos” jamoasi bilan 4 oylik shartnoma imzolanadi.
2015 yilning oktyabrida klubsiz yurgan futbolchi faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi va murabbiylik sohasida o'zini sinab ko'rmoqchi ekanligini malum qildi.


Terma jamoa

Del Pero Italiya terma jamoasi safida ilk marotaba 1995 yilda debyut qilgan.
Evro-2000 o'yinlarida Del Pero Italiya terma jamoasining kumush medalni qo'lga kiritishiga o'z hissasini qo'shgan.
Germaniyada bo'lib o'tgan JCH-2006da esa qahramonimiz terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.




Erishgan yutuqlari:

“Yuventus”


Italiya CHempioni (6): 1994/95, 1996/97, 1997/98, 2001/02, 2002/03, (2004/05, 2005/2006[nb 5]), 2011/12.
Italiya B Seriyasi chempioni: 2006/07
Italiya Kubogi sohibi: 1994/95
Italiya Superkubogi sohibi: (4): 1995/96, 1996/97, 2001/02, 2002/03
ECHL sohibi: 1995/96
UEFA Superkubogi sohibi: 1996
Intertoto Kubogi sohibi: 1999
Qitalararo Kubok sohibi: 1996


Italiya terma jamoasi

Jahon CHempioni: 2006
Evropa vice-chempioni: 2000
Evropa chempioni (u-21): 1994, 1996.

SHaxsiy sovrinlari:

ECHL to'purari: 1998
Italiya A Seriyasi to'purari: 2007/08
Italiyaning eng yaxshi futbolchisi: 1998, 2008.
Italiyaning eng yaxshi sportchisi: 2008
“FIFA100” ro'yxatiga kirgan
Avstraliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2013


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика