"Yuventus" yarim himoyachisi 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
17 sen 2018 10:27
Yangiliklar
"Yuventus" yarim himoyachisi 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
A Seriyaning 4-turida "Yuventus" o'z maydonida "Sassuolo"ni qabul qildi.
O'yin "Alyanc-Yuventus" stadionida bo'lib o'tdi va bahs 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Bahs oxirida Turin klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta "Sassuolo" hujumchisi Federiko Di Franchesko yuziga tupurgani uchun qizil kartochka oldi. Ikki daqiqa oldin Duglas hakam ko'z o'ngida Di Francheskoga boshi bilan zarba berishga urinib, sariq kartochka bilan jazolangan edi. Bundan tashqari Kosta tirsagi bilan raqibining yuziga shikast etkazishga harakat qildi.
Italiya futboli reglamenti bo'yicha, ushbu qoidabuzarliklarni amalga oshirgan Duglas Kosta 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar