"Yuventus" Xoland uchun kurashga qo'shildi
17 mar 2021 22:58
Yangiliklar
"Yuventus" Xoland uchun kurashga qo'shildi
Turinning "Yuventus" klubi "Borussiya" Dortmundning norvegiyalik forvardi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi jurnalist Alfredo Pedulla.
Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi norvegiyalikni klubini o'zgartirishni o'ylayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda.
Ammo Xolandni qo'lgi kiritish oson bo'lmaydi, chunki unga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "CHelsi", "Real" va "Barselona" ham qiziqmoqda. Norvegiyalikning shartnomasidagi tovon puli 75 million evroni tashkil qiladi, biroq ushbu band faqat 2022 yilning yozida kuchga kiradi.
20 yoshli Xoland joriy mavsumda "Borussiya" tarkibida 30 o'yin o'tkazib, 31 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar