So’nggi yangiliklar

00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  3 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  4 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  20 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  21 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1

A Seriya. Ronaldu va Bonuchchining gollari "Yuventus"ga 3 ochko taqdim qildi Yangiliklar

A Seriya. Ronaldu va Bonuchchining gollari "Yuventus"ga 3 ochko taqdim qildi

Teglar :  Udineze Yuventus
Mazkur uchrashuv saytimiz orqali matnli translyaciya qilindi.

Juventus

Cristiano Ronaldo - 9', Cristiano Ronaldo - 37', Leonardo Bonucci - 45'

Serie A . 16-tur

15/12/2019, 19:00

1
:
3
Tugadi

Udinese

Ignacio Pussetto - 90'

Stadion: Allianz Stadium, 39127 tomoshabin

Bosh hakam: Fabrizio Pasqua

45'
90'
9'  Cristiano Ronaldo
22'  Paulo Dybala
37'  Cristiano Ronaldo
37'  Gonzalo Higuain
45'  Leonardo Bonucci
45'  Merih Demiral
75'  Paulo Dybala (Federico Bernardeschi)
75'  Leonardo Bonucci (Matthijs de Ligt)
80'  Gonzalo Higuain (Douglas Costa)
90'  Rodrigo Bentancur
40'  Bram Nuytinck
61'  Stefano Okaka Chuka (Ignacio Pussetto)
67'  Rodrigo De Paul (Walace)
87'  Jens Stryger Larsen (Ilija Nestorovski)
90'  Ignacio Pussetto

Yuventus – Udineze 3:1 

15 dekabr, 19.00, «Alyanc Stedium»

Gollar:

1:0 – 9 Ronaldu, 2:0 – 37 Ronaldu, 3:0 – 45 Bonuchchi, 3:1 – 90 Pussetto.

Yuventus – Buffon, Demiral, Bonuchchi (de Ligt, 76), De SHilo, Danilo, Matyuidi, Bentankur, Rabo, Iguain (Duglas Kosta, 80), Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 75).

Udineze – Musso, ter Avest, De Mayo, Trost-Ekong, Larsen (Nestorovski, 87), Fofana, de Paul (Uolas, 67), Mandragora, Nyuytink, Lazanya, Okaka CHuka (Pussetto, 61).

Ogohlantirishlar:

Dibala (21), Nyuytink (40), Bentankur (90).

Sahifani yangilash



UCHRASHUV YAKUNLANDI. "KEKSA SINORA" bir necha soatga musobaqa jadvalining etakchisiga aylandi.

90+4. Gol! Zahiradan o'yinga qo'shilgan Pusetti hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

84. Krishtianudan oamad yana yuz o'girdi. Usoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib ortga qaytdi.

83. Ronaldu judayam qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. U xet-trik qayj etishi mumkin edi.

80. O'zgarish. Duglas Kosta Iguainni almashtirdi.

76. O'zgarish. Dibala va Bonuchchi maydonni tark etdi. Ularning o'rniga uchrashuvni Matteys de Ligt va Federiko Bernardeski davom ettiradi.

74. Lazanya va Fofanalar tomonidan berilga ketma-ket ikki zarbani Buffon bartaraf qildi. Eslatib o'tamiz, u yaqinda 42 yoshga to'ladi.

71. Ronaldu va Dibala qanotlarni almashib o'ynashyapti. Krishtianu o'ng qanotda faollik ko'rsatishni boshalab yubordi. 

68. Endi "Yuventus" sardori Leonardo Bonuchchi maydonga quladi. U ham o'zini noqulay his qilmoqda.

67. O'zgarish Rodrigo de Paul zahiraga olindi.

66. Rodrigo de Paul bilan to'qnashuvdan keyin Dibala o'zida og'riq sezmoqda.

61. O'zgarish. "Udineze" tarkibida Stefano Okaka o'rniga uchrashuvni Pusetto davom ettiradi.

59. Dibala burchak to'pini golga aylantirmoqchi bo'ldi, ammo Musso vaziyatni bartaraf qildi.

55. Kevin Lazanyaning kuchli zarbasidan keyin Buffon "Yuventus"ni goldan qutqarib qoldi. 

52. Merih Demiral bugun ajoyib o'yin namoyish qilmoqda. Raqiblariga hech qanday imkon qoldirmayapti turkiyalik himoyachi.

Paulo Dibala hisobni yiriklashtirishiga bir lahza qoldi. U "Paxtakor" futbolchisi Dragan CHeran singari zarba yo'lladi. To'p esa darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

51. Bu ikki jamoa bunga qadar o'zaro 94 marta uchrashishgan. 62 marta "Yuventus", 12 marta "Udineze" g'alabani tantana qilgan. 20 ta o'yin durang natija bilan yakunlangan.

49. "Keksa Sinora" uchrashuvning ikkinchi bo'limini ham faollik bilan boshlandi.

45. Ikkichi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. GOL! To'p burchakdan o'yinga kiritilgach, Merih Demiral to'pni boshi bilan Bonuchchiga tashlab berdi. Leo esa gol urdi. 3:0.

44. Iguainning navbatdagi faolligi burchak zarbasi bilan yakunlandi.



37. Gol! Iguain bu gal zarba bermadi. U Ronalduga qulay imkoniyat yaratib berdi. Portugaliyalik futbolchi o'z nomiga dublni rasmiylashtirdi.

36. Gonsalo Iguain uzoq masofadan yana bir marta kuchli zarba yo'lladi. Musso bu gal ham to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

34. "Udineze" futbolchilari birin-ketin vaziyatlar yaratishga harakat qilishmoqda. Mehmonlar faol pressing ham qo'llashyapti.

28. Xavfli vaziyat! Paulo Dibala faollik ko'rsatib hujum boshladi, u to'pni Ronalduga oshirdi. Portugaliyalik futbolchi bundan 5-6 yil ilgari bo'lganda darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo tezligi etishmadi. Ronaldu to'pni Iguainga oshirdi. Darvoza tomon berilgan to'pni "Udineze" darvozaboni Musso bartaraf etdi. Burchak zarbasi.

21. "Yuventus" gol urdi. Ammo hisoblanmayapti. Paulo Dibala to'pni to'xtatib olyotgan pallada qo'l bilan o'ynagan bo'lib chiqdi. Nima ham deymiz, Maradonaning vatandoshi-da. Argentinalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

20. "Udineze" klubi futbolchilari asosan o'z yarim maydonlariga o'tib olib raqib hujumini kutish bilan ovvoralar.

18. To'p nazorati Turin klubi tomonida: 75-25.

12. "Yuventus" tashabbusni o'z qo'liga oldi. Iguaindan to'pni qabul qilib olgan Dibala hujumni gol bilan yakunlashi mumkin edi. Ammo to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

9. GOOOOOOLLLL! Uchrashuvda hisob ochildi. Bonuchchi boshlab bergan hujumni Krishtianu Ronaldu muvaffaqiyat bilan yakunladi. 1:0.

7. "Udineze" esa 16-tur boshlanishidan avval 15 ochko bilan 17-o'ringa joylashgan.

6. Jamoalarning musobaqa jadvalida egallagan pog'ponalariga to'xtalsak, "Yuventus" 36 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Inter" bilan oradagi farq - 2 ochko. 

4. Dastlabki standard vaziyatga "Yuventus" klubi futbolchilari ega bo'lishmoqda. Ronalduga nisbatan ishlatilgan fol shunday yakunlandi.

O'yinni kuzatib borish uchun doimgidek Krishtianu Ronalduning ko'plab personal muxlislari tashrif buyurgan.

Uchrashuv boshlandi. O'yinni "Udineze" klubi futbolchilari boshlab berishdi.


Assalomu alaykum, saytimiz foydalanuvchilari. Italiya chempionati 16-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham o'yin haqidagi fikrlaringizni biz bilan o'rtoqlashishingiz mumkin.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика