"Yuventus" Sandro bilan xayrlashadimi?
13 apr 2020 01:02
Yangiliklar
"Yuventus" Sandro bilan xayrlashadimi?
Braziliya va "Yuventus" chap qanot himoyachisi Aleks Sandro yozgi transfer oynasida Turin klubini tark etishi mumkin.
Manbaga ko'ra, Turin klubi rahbariyati 2019/20 yilgi mavsum oxirida 29 yoshli futbolchi bilan xayrlashmoqchi.
Sandroning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Takidlanishicha, Sandro o'tgan transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin edi, ammo "Yuventus" futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgan. Hozirda PSJ klubi braziliyalik himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Sandro bu mavsum A Seriyada 22 uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar