So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

"Yuventus" - "Real" va "Sevilya" - "Bavariya" uchrashuvlaridan oldin jurnalistlar qanday fikrda? Yangiliklar

"Yuventus" - "Real" va "Sevilya" - "Bavariya" uchrashuvlaridan oldin jurnalistlar qanday fikrda?

Bugun Evropa CHempionlar ligasi chorak final doirasidagi ikkita o'yin bo'lib o'tadi.

"Real" Turinda "Yuventus" mehmoni bo'lsa, "Bavariya" Ispaniyaga "Sevilya" bilan kuch sinashish uchun safar qiladi.

Sevilla

Pablo Sarabia - 31'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

04/04/2018, 00:45

2
:
1
Tugadi

Bayern Munich

Jesus Navas - 37', Thiago Alcantara - 68'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 40635 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
15'  Joaquin Correa
31'  Pablo Sarabia
31'  Sergio Escudero
78'  Joaquin Correa (Sandro Ramirez)
80'  Wissam Ben Yedder (Luis Muriel)
90'  Guido Pizarro
13'  Franck Ribery
34'  Juan Bernat
36'  Arturo Vidal (James Rodriguez)
37'  Jesus Navas
46'  Juan Bernat (Rafinha)
68'  Thiago Alcantara
68'  Franck Ribery
79'  Franck Ribery (Arjen Robben)
85'  Thomas Mueller

Juventus

Champions League Final Stage . 1/4-tur

04/04/2018, 00:45

3
:
0
Tugadi

Real Madrid

Cristiano Ronaldo - 3', Cristiano Ronaldo - 64', Marcelo - 72'

Stadion: Allianz Stadium, 40849 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
26'  Rodrigo Bentancur
45'  Paulo Dybala
66'  Paulo Dybala
69'  Kwadwo Asamoah (Mario Mandzukic)
69'  Douglas Costa (Blaise Matuidi)
75'  Sami Khedira (Juan Cuadrado)
3'  Cristiano Ronaldo
3'  Isco
55'  Sergio Ramos
59'  Karim Benzema (Lucas Vazquez)
64'  Cristiano Ronaldo
64'  Daniel Carvajal
72'  Marcelo
72'  Cristiano Ronaldo
75'  Isco (Marco Asensio)
82'  Luka Modric (Mateo Kovacic)
88'  Mateo Kovacic

Ushbu bellashuvlardan oldin saytimizda faoliyat yuritayotgan bir qator jurnalistlar o'z fikrlarini bildirishdi.

Narzulla Saydullaev: "Turindagi o'yinda ko'p gol bo'lmaydi"

"Sevilya" - "Bavariya"
- Qarama-qarshilik favoriti "Bavariya" ekanligini hamma biladi. To'g'ri ispan klubi o'tgan bosqichda MYU to'sig'idan o'tdi. Ammo baribir "Bavariya" ayni paytda "Sevilya"dan kuchli deb o'ylayman. Bugungi bahsda Germaniya klubi kichik hisobda g'alaba qozonishi mumkin, agar nimadir bo'lib "Bavariya" bugun yuta olmasa ham javob bahsida o'ziga kerakli natijani qo'lga kirita oladi deb o'ylayman.

"Yuventus" - "Real Madrid"
- Bu juftlikda favorit yo'q. Ikkala klub ayni paytda ham teng kuchli deb o'ylayman. Kim kamroq xato qilsa, o'sha klub yarim finalga chiqadi. Turindagi birinchi o'yinda kamroq gol bo'lsa kerak, deb taxmin qilaman. Barcha masala javob bahsida hal bo'lsa kerak.


Jasur Aslanov: "Real" dahshatli formaga kiryapti"

"Yuventus" - "Real"
- "Yuventus" ayni damda ajoyib formada. Joriy mavsum "keksa sinora" A Seriyaning 19ta o'yinida gol o'tkazmadi. Italiya chempionatining so'nggi turida turinliklar "Milan"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi, jadvalda "Napoli" bilan farqni 4 ochkoga etkazdi. Jamoada kayfiyat yuqori. "Real" o'tgan mavsumdagidek futbol yilining ikkinchi qismida daxshatli formaga kiryapti. Ronaldu yanvardan beri 20tadan ortiq gol urib, 2018 yilning to'purari bo'lib turibdi. Ushbu uchrashuvda durang yoki "Yuve"ning kichik hisobdagi muvaffaqiyatini taxmin qilyapman.

"Sevilya" - "Bavariya"
- Ispaniyaliklar CHempionlar ligasi 1/8 finalida MYUni mag'lubiyatga uchratib, ko'pchilikni hayron qoldirgan edi. Ammo bunga Joze Mourinoning himoyaviy o'yini sabab bo'lgan. "Bavariya"ning uslubi hozirgi "qizil iblislar"nikiga o'xshamaydi. Agar hakam o'yinga kartochkalari bilan tasir ko'rsatmasa, "Sevilya" o'z o'yinini namoyish etishga qodir. Taxminiy hisob 2:1.


Omonjon To'xtamirzaev: "Real"ning imkoniyatlari ustunroqdek"

"Yuventus" - "Real Madrid"
- Turinda mezbonlar ijobiy natijaga erishish uchun borlarini berishadi, ammo bugungi kunda, aynan ECHLda "Real" juda kuchli o'yin ko'rsatmoqda. Zidan aytib o'tganidek, "Yuventus"ga qarshi uchrashuv francuz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. PSJ bilan o'yindan avval ham "Real" formada emasligi, ketma-ket omadsizliklarga uchrayotgani haqida ko'p gapirishgandi, ammo bu turnirda jamoa butkul boshqacha o'yin namoyish qilmoqda. To'g'ri, har ikki jamoa hujum qilishni yoqtiradi, bugun "Yuve" ham, "Real" ham gol ursa, xayron bo'lmayman. Lekin baribir tarkib, jamoalarning bugungi holati va boshqa jihatlarni inobatga olgan holda mehmonlarning imkoniyati biroz ustunroqdek ko'rinmoqda.

"Sevilya" - "Bavariya"
- Bu o'yinda bir qarashda mehmonlar yaqqol favoritdek. Ammo avvalgi bosqichda ham MYU borasida shunga o'xshash fikr bildirilgandi, yakunda natija qanday bo'lgani hech kimga sir emas. Ispanlar ayniqsa uyda kuchli o'yin namoyish qiladilar. Kuni-kecha "Sevilya" uyda sal qolsa, "Barselona"ni mag'lub etib qo'yardi. Nafaqat bu o'yin, balki mavsum davomidagi natijalardan kelib chiqsak, sevilyaliklar Myunxenda oson bo'lmasligini yaxshi tushungan holda, o'z maydonidagi o'yinga umid bog'lashlari turgan gap. Ammo Yupp qaytgach, yana avvalgi qudaritin tiklab olgan nemislar ham bunga jim qarab turmaydi. Taxminimcha, har ikki jamoa omadini hujumdan izlaydi.


Xayrulla Xoliqov: "Mening taxminimcha, bugungi ikkita o'yinda ham 0:0 hisobi qayd etilsa kerak"


Jahongir Fayzullaev: "Yuve final va Buffon uchun ham revansh oladi"

"Yuventus" - "Real Madrid"

- "Yuventus" - "Real" o'yinida turinliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonadi. Buffon o'tgan yilgi final uchun "Real"dan revansh olishga harakat qiladi. Jamoadoshlari Buffon uchun ham ikki xissa harakat qiladi.

"Sevilya" - "Bavariya"

- "Sevilya" - "Bavariya" o'yinida durang natija yoki bo'lmasam "Bavariya" g'alaba qozonadi. CHunki jamoalarning darajasi o'rtasidagi tafovut juda katta.


Mirjalol Normatov: "Real" favorit"

"Yuventus" - "Real"
- Uchrashuvda ikki tomonning ham kuchlari teng. SHu boisdan ham kim g'alaba qozonishini oldindan aytib bo'lmaydi. O'yinda "Real" g'alaba qozonishini kutyapman.

"Sevilya" - "Bavariya"
- O'yinda "Bavariya" yaqqol favorit. Ikki gol farqi bilan g'alaba qozonishi mumkin.


Jahongir Sotvoldiev: "Real" kichik hisobda g'alaba qozonadi"

"Yuventus" - "Real"

- Turinliklar bugun "Real"dan qaysidir manoda o'ch olish uchun harakat qilishadi. "Yuventus" bugun g'alaba qozona olmasa, javob uchrashuvida ularga qiyin bo'lishi aniq. "Real" ham "Yuventus"ga shunchaki imkoniyatni boy berib qo'ymaydi. Ichki chempionatda "qaymoqranglilar" "Barselona"dan ancha orqada. SHuning uchun ham bor etiborini ECHL musobaqasiga qaratgan. Mening taxminim bo'yicha bugun "Real" kichik hisobda g'alaba qozonadi.

"Sevilya" - "Bavariya"

Bugun "Sevilya"ga qiyin bo'ladi. "Bavariya" bugungi bahsda yaqqol favorit. "Sevilya" bugungi o'yinda mag'lub bo'lishi aniq.


Tolibjon Qosimov: "Sevilya" MYUni musobaqadan chiqarib yuborgani ko'p narsadan dalolat"

"Yuventus" - "Real"

- "Real" ECHLda juda yaxshi ishtirok etmoqda. "Yuventus"ning eng katta yutug'i esa Allegri. Aynan Allegri nimchorak finalda "Yuventus"dan yaxshiroq o'ynagan "Tottenxem"ni to'g'ri taktika evaziga mag'lub eta oldi. Bugun "Yuventus" uyda o'ynayotgani sabab mezbonlarning imkoniyati biroz yaxshiroq bo'ladi.

"Sevilya" - "Bavariya"

- "Sevilya" nimchorak finalda "Manchester Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yubordi va bu ko'p narsadan dalolat. Lekin, ayni paytdagi Xaynkesning "Bavariya"si ECHL g'olibligiga asosiy davogarlardan biri. Bugun andalusiyaliklar birinchi golni o'tkazib yuborgunlarigacha munosib qarshilik ko'rsatishlari mumkin. "Bavariya" esa birinchi golni urib olsa uyog'iga hotirjam g'alaba qozonishi mumkin.


SHahboz Beg'amov: "Yuventus" emas, "Real" ko'proq tashvishlanmoqda"

"Sevilya" - "Bavariya"
- Ko'pchilik "Sevilya" "Manchester Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yuborgani va jamoani "Barselona" bilan juda ajoyib o'yin o'tkazganini takidlashdan charchamayapti. To'g'ri, bu bahslarda Montella boshqaruvidagi jamoa juda yaxshi o'ynadi va nisbatan jiddiy raqiblar qarshisida "Sevilya" dovdirab qolmadi. Lekin hozirgi "Manchester Yunayted"ni dog'da qoldirish bu ulkan natija emas. La Ligada "Barselona"ga qarshi o'yinda esa tayyor g'alabani qo'ldan chiqargani - "Sevilya"ning eng nozik va muammoli nuqtasini ko'rsatib qo'ydi. Jamoada g'oliblik ruhi, xarakter u qadar shakllanmagani sezilib qoldi. "Sevilya" garchi o'z uyida o'ynayotgan bo'lsada "Bavariya"ga munosib kurash taqdim etishiga shubham bor. Yupp Xaynkes bu kabi raqiblar tugini echishini yaxshi o'zlashtirgan. Qura shuni ko'rsatdiki, "Bavariya" ECHLda ketma-ket to'rt marotaba o'rtoqlik maqomidagi o'yinlarda ishtirok etishi oydinlashdi. Raqobatga chanqoq "Bavariya"ga hozircha ECHLda ham munosib raqib topilmayapti. O'ylashimcha, "Bavariya" Ispaniya safaridan yarim final chiptasiga buyurtma berib qaytadi.

"Yuventus" - "Real"
- Ajoyib qarama-qarshilik, zo'r o'yinga guvohi bo'lamiz. Yana o'sha ehtiroslar, hissiyotlarga boy kechadigan ikkita o'yin. Bu o'yinda kimning imkoniyatlari yuqori yoki pastligi u qadar muhim emas. Turin va Madriddagi ajoyib to'qnashuvlar muxlislarga chiroyli futbol kechasini taqdim etadi. Final o'yini bo'lganida "Real"ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholash mumkin edi. CHunki finalda Madrid jamoasi qanday o'ynashni biladi. "Yuventus"ning eng no'noq tarafi finalda o'ynash ekani barchaga malum. ECHL pley-off doirasidagi bahslarda esa "Yuventus" pishiqroq. Ikkita o'yinlik bellashuvlarda hali "Real" "Yuve" to'sig'idan o'tgan emas. Finalda birgina kichik epizod, yani rikoshet butun o'yin taqdirini boshqa tomonga o'zgartirib yuborish uchun etarli bo'lgandi.

Bugungi va Madridda o'tadigan uchrashuvlar umuman boshqa scenariy ostida kechadi. ECHLda mehmondagi gol qoidasi ko'plab murabbiylarning o'yinga tuzadigan rejalariga o'zgartirish kiritib qo'yadi. Bugungi bahsda "Yuve" uchun muhimi gol o'tkazmaslik. "Real" esa nima qilib bo'lsada safarda gol urish vazifasini uddalashga harakat qiladi. Jamoalarning umumiy holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Yuventus"ning imkoniyatlari yuqori. G'alaba bo'lgan chanqoqlik ham "Yuve"da ko'proq. G'azab, alam va murabbiyning taktik ayyorligi kabi jihatlar bugun turinliklarga qo'l kelishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, qura natijasi "Yuventus"dan ko'ra "Real"ni ko'proq tashvishga solib qo'ydi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика