

Gap shundaki, futbolchi allaqachon Turinga yetib kelishi kerak edi, ammo u hamon Fransiyada. Yarim himoyachi klubga koronavirus bilan bog'liq vaziyat tufayli ucha olmayotgani to'g'risida xabar bergan, ammo "keksa sinora" rahbariyati buni bahona deb hisoblayapti.

Gazzetta dello Sport xabarida aytilishicha, "Yuventus"ning aksar o'yinchilari allaqachon klub tarkibiga kelib qo'shilishgan. Fransiyada qolish qarori Raboning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.
Avvalroq 25 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Everton" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.



