"Yuventus" qishda "MYU"dan Lindegorni sotib olishi mumkin
21 noy 2013 14:36
Yangiliklar


"Yuventus" qishda "MYU"dan Lindegorni sotib olishi mumkin
Sportmediaset nashrining xabar berishicha, Turinning "Yuventus" klubi qishgi transfer darchasida "Manchester Yunayted" darvozaboni Andres Lindegorni sotib olishi mumkin.
Daniyalik darvozabon "MYU"ning ispaniyalik posboni David de Xea bilan asosiy tarkib uchun kurashda, g'olib kela olmadi va hozirda vaqtini zahira o'rindig'ida o'tkazishiga to'g'ri kelmoqda. Manchesterliklar esa futbolchi bilan 4 yoki 5 million evro evaziga xayrlashishga qarshi emas.

Fikrlar