"Yuventus" Pogba uchun MYUga 5 futbolchisini taklif qilmoqda
26 apr 2020 14:45
Yangiliklar


"Yuventus" Pogba uchun MYUga 5 futbolchisini taklif qilmoqda
"Yuventus" hali ham "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning transferidan umid uzgani yo'q.
"Football Italia" xabariga ko'ra, turinliklar futbolchining transferi uchun MYUga quyidagi besh futbolchisidan birini tanlashni taklif qilmoqda: Duglas Kosta, Miralem Pyanich, Aaron Remzi, Adrien Rabo, shuningdek, Aleks Sandro.
50 million evrolik Sandroning xizmatlariga mankunianliklar uzoq vaqtdan buyon qiziqish bildirmoqda. Remzi va Rabo esa "Yuventus"ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. Duglas Kosta va Miralem Pyanich ham ushbu mavsumdan keyin turinliklar safini tark etishi kutilmoqda.
Oldinroq "Real" ham Pogbaning xizmatlariga qiziqish bildirayotgani borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar