“Yuventus” Ndombele uchun kurashga qo'shildi

19 yanv 2019, 07:45
“Lion” yarim himoyachisiga yana bir da'vogar chiqdi.

Turin klubi “Lion” yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni sotib olishga harakat qiladi. Klub uni yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi. 22 yoshli futbolchiga ayni damda “Inter”, “Tottenxem”, “Barselona” kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Ndombele “Lion” bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports Italia