"Yuventus" Morata bilan ijara shartnomasini uzaytirish uchun "Atletiko"ga 10 million evro to'laydi
11 iyu 2021 10:40
Yangiliklar
"Yuventus" Morata bilan ijara shartnomasini uzaytirish uchun "Atletiko"ga 10 million evro to'laydi
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "Yuventus"da o'ynashda davom etadi.
Turin klubi 28 yoshli ispaniyalik futbolchining ijarasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.
"Yuventus" shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirish uchun 10 million evro to'laydi. So'ngra yanvarda yana 35 million evro to'lanadi. "Keksa sinora" o'tgan mavsum uchun ham ispanlarga mablag' to'lagan.
Morata o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar