"Yuventus" kelasi haftada Di Mariyaning o'tishini elon qiladi
01 iyu 2022 11:58
Yangiliklar
"Yuventus" kelasi haftada Di Mariyaning o'tishini elon qiladi
"Yuventus" kelasi haftada bitimni elon qilish uchun Anxel Di Mariyaning shartnomasi borasidagi so'nggi tafsilotlar ustida ishlamoqda.
34 yoshli argentinalik 1 iyulda rasman erkin agentga aylandi. Uning PSJ bilan shartnomasi yakunlandi, futbolchi Parij klubida 2015 yildan beri o'ynayotgandi.
Di Mariya o'tgan mavsum 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Turin klubi shuningdek tez orada 3,5 million evro evaziga "Jenoa" himoyachisi Andrea Kambyazo bilan shartnoma tuzadi.
Fikrlar