"Yuventus" Iguaindan qutulmoqchi
25 iyu 2019 15:05
Yangiliklar
"Yuventus" Iguaindan qutulmoqchi
"Yuventus" bosh murabbiyligiga Mauricio Sarri tayinlangani klubning argentinalik futbolchini sotish xohishiga tasir qilmadi.
Bir necha mavsum oldin A Seriyadagi himoyachilarni hushyorlikda ushlab turgan forvardga bugungi kunda hech qanday takliflar yo'q.
Gonsalo Xitoy klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi mumkin, ammo manbaning xabar berishicha, 31 yoshli hujumchi faoliyatining bu qismida Xitoyga ketmoqchi emas.
Iguain 2018/19 yilgi mavsum "Milan" va "CHelsi" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishgan. U bu klublarda ijara asosida harakat qildi.
Gonsaloning "Yuventus" bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi. Bitimga ko'ra argentinalik futbolchining maoshi bir mavsum uchun 7,5 million evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
12:25
Niko Pas "Real" tufayli "Manchester Siti", "Liverpul”, "Chelsi" va "Arsenal" takliflarini rad etdi 4
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar