"Yuventus" Falkaoni sotib olishi mumkin edi, ammo ularga pul etmagan
27 okt 2014 12:43
Yangiliklar


"Yuventus" Falkaoni sotib olishi mumkin edi, ammo ularga pul etmagan
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning takidlashicha, kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao Italiya chempionlari safiga o'tishi kerak edi, ammo turinliklarga mablag' etmagan.
"Biz deyarli futbolchining transferi haqida kelishib bo'lgandik va Falkao ham Italiyaga ko'chib o'tishga rozi edi. Ammo bizning moliyaviy imkoniyatlarimiz "Manchester Yunayted"nikidan pastroq edi, shu sababli kelishuv bekor qilindi" - deydi Marotta.

Fikrlar