"Yuventus" Dibalani trasferga qo'ydi
13 avg 2020 18:48
Yangiliklar


"Yuventus" Dibalani trasferga qo'ydi
"Yuventus"ning argentinalik forvardi Paulo Dibala yozda Turin klubidan ketishi mumkin.
Tuttosport nashrining malumotlariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati 26 yoshli futbolchini transferga qo'ydi.
Turin klubi Dibalaning sotuvidan tushgan mablag'larga o'rta chiziqni kuchaytirmoqchi. "Yuventus" hozircha 3 o'yinchining variantini ko'rib chiqmoqda: Pol Pogba ("Manchester Yunayted"), Isko va Marko Asensio (ikkisi ham - "Real").
Dibala joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 10ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar