“Yuventus” Dibalani qanchaga sotmoqchiligi malum bo'ldi
16 avg 2020 20:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587233_original.jpg)
![](/upload/storage/587233_220.jpg)
“Yuventus” Dibalani qanchaga sotmoqchiligi malum bo'ldi
Turinliklar rahbariyati Paulo Dibalani sotishni rejalashtirmoqda.
“Yuve” argentinalikni 90-100 mln evro atrofidagi mablag'ga pullamoqchi. Uning transferidan tushgan summa esa jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo istagan futbolchilarni olib kelish sarflanashi ko'zlanmoqda.
Dibala 2015 yil “Palermo”dan 40 mln evro evaziga Turin klubi safiga kelib qo'shilgan edi. 26 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum A Seriyada 33 o'yinda qatnashib, 11+6 natija ko'rsatdi. Qayd etish joiz, u mavsum yakunlariga ko'ra chempionatda “yil futbolchisi” nomiga sazovor bo'ldi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi esa 2022 yilning yozigacha tuzilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar