"Yuventus" De Ligtni sotmoqchi emas
26 dek 2021 18:14
Yangiliklar
"Yuventus" De Ligtni sotmoqchi emas
"Yuventus" rahbariyati himoyachi Matteys De Ligtni sotib yuborish variantlarini ko'rib chiqmayapti.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, yozda futbolchining tovon puli 120 million evro bo'ladi. 2022 yil yozida esa bu summa yana 20 million evroga ko'tariladi. Ayni damda De Ligtga "Barselona", PSJ hamda "Tottenxem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Ushbu mavsumda u 20 o'yinda maydonga tushdi va 1 gol urdi.
Fikrlar