"Yuventus" de Ligt uchun kurashga qo'shildi
16 okt 2018 14:29
Yangiliklar
"Yuventus" de Ligt uchun kurashga qo'shildi
Evropaning top-klublari "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligtga qiziqish bildirishmoqda.
Malumotlarga ko'ra, yosh futbolchini xarid qilmoqchi bo'lgan navbatdagi grand - "Yuventus". Turin klubi de Ligtni kelajagi porloq futbolchi sifatida ko'rmoqda va uni 50 mln evroga sotib olmoqchi.
"Keksa sinora" rahbariyati yaqin ikki yil ichida tarkibni yoshartirmoqchi va gollandiyalik himoyachi bu rejaning muhim qismi. Italiya klubi vakillari yaqin vaqt ichida futbolchining agenti Mino Rayola bilan bog'lanib, ushbu transfer amalga oshishi haqida suhbatlashmoqchi.
Oldinroq, 19 yoshli himoyachi "Barselona" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar