"Yuventus" darvozasi 630 daqiqadan buyon ishg'ol etilmadi

10 fev 2016, 22:35
Turinning "Yuventus" klubi Italiya chempionati va kubok bahslarida ettita uchrashuvdan buyon o'z darvozasini quruq saqlamoqda.


Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Yuventus" jamoasi o'z darvozasini ketma-ket 7 o'yindan buyon quruq saqlab kelmoqda. Janluiji Buffon Italiya chempionati doirasidagi Udineze (4:0), Roma (1:0), Kevo (4:0), Jenoa (1:0) bilan o'yinlarda qo'riqlagan bo'lsa, Netu Italiya kubogida Lacio (1:0) va Interga (3:0) qarshi bahslarda darvozada turgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tutto Sport