"Yuventus" chap qanot himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi
09 jan 2019 19:15
Yangiliklar


"Yuventus" chap qanot himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi
Turinliklar "Barselona" himoyachisi Jordi Albaga qiziqish bildirishmoqda.
"Yuventus" vakillari futbolchining agenti Visente Flores bilan bog'lanishgan. Albaning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020 yili yozda o'z nihoyasiga etadi. Futbolchini shartnoma tugamasidan avval o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan jamoa 150 million evro to'lanishi talab qilinadi.
Ispaniyalik himoyachining o'zi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamoqda. Ammo, ko'k-anorranglilar futbolchini so'ragan maoshini to'lashga tayyor emas.
Alba 2012 yil "Valensiya"dan 16 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi. U kataloniyaliklar safida 250dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar