"Yuventus" boshqaruvi uchun yana bir nomzod ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 16:35
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini "Yuventus" boshqaruvini qo'liga olishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Turin klubi 63 yoshli mutaxassisni italiyalik bosh murabbiy Andrea Pirloning o'rniga munosib ko'rmoqda. Agarda "Yuve" ushbu mavsumda YCHLga chiqa olmasa, Pirloning javobi beriladi.

Ayni damda "Yuventus" A Seriya tugashiga bir tur qolganida 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato