“Yuventus” 88 yil ichida ilk marta mavsumni ketma-ket 7 ta g'alaba bilan boshladi

27 sen 2018, 09:10
Turinliklar kecha Italiya A Seriyasining 6-turida “Bolonya” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bu orqali jamoaning mavsumdagi g'alabalari soni 7 ta ga etdi.A Seriyada ketma-ket 6 ta g'alaba, YCHLda esa 1 ta g'alaba.

Shu tariqa jamoa 88 yil ichida (1930/31 yilgi mavsumdan beri) ilk marta mavsumni qatorasiga 7 g'alaba bilan boshladi.

Jamoaning to'plar nisbati esa 15:4 ni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta