"Yuventus" - 2018 yilning eng "quruq" jamoasi
24 dek 2018 18:11
Yangiliklar
"Yuventus" - 2018 yilning eng "quruq" jamoasi
"Yuventus" A Seriyaning 17-turida "Roma"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Opta nashri bergan malumotlarga ko'ra, bu g'alaba Turinliklarning 2018 yildagi 22-"quruq" g'alabasi bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Yuventus" Evropaning top-5 ligasidagi (Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Franciya) eng yaxshi jamoa bo'ldi.
Ro'yxatda ikkinchi o'rin "Atletiko"ga tegishli (21ta o'yin). "Liverpul" va PSJ 19ta "quruq" bahs bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi o'rin "Napoli"ga nasib etdi (18ta).
Fikrlar