"Yuve" o'yinchilari Ronaldudan uzr so'rashini kutishmoqda, Paratichi esa Mendeshga qo'ng'iroq qildi
12 noy 2019 16:13
Yangiliklar


"Yuve" o'yinchilari Ronaldudan uzr so'rashini kutishmoqda, Paratichi esa Mendeshga qo'ng'iroq qildi
"Yuventus" o'yinchilari Krishtianu Ronalduning "Milan"ga qarshi o'yindagi qilgan harakatlaridan norozi bo'lishmoqda.
O'yinning 54-daqiqasida Ronalduning o'rniga Dibala maydonga tushirildi. Portugaliyalik esa shundan so'ng to'g'ri echinish xonasiga yo'l olgan va o'yin yakunlanishiga qadar stadionni tark etgan.
"Yuventus" Ronalduning jarimaga tortmasligi aniq bo'lib ulgurdi, ammo sport direktori Fabio Paratichi bu mavzu bo'yicha futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan gaplashgan.
Eslatib o'tamiz, "Yuve" "Milan"ga qarshi o'yinda Paulo Dibalaning urgan goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar