Yuto Nagatomo – Yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi!
26 noy 2013 18:36
Yangiliklar


Yuto Nagatomo – Yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi!
Italiyaning “Inter” klubi safida to'p surayotgan Yuto Nagatomo OFK tomonidan 2013 yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi deb topildi.
O'tgan yil bu sovrinni boshqa bir yaponiyalik SHinji Kagava qo'lga
kiritgandi, bu safar esa Yuto Nagatomo birinchi bo'ldi.
27 yoshli futbolchi milliy terma jamoa safida JCH-2014 saralash o'yinlarida hamda Konfederaciyalar Kubogida, shuningdek klub tarkibida “A” seriya bellashuvlarida o'zini ko'rsata oldi.
Nagotomo mazkur sovrin uchun kurashda CSKAdagi hamyurti Keysuki Xonda bilan “Bayer”ning koreyalik futbolchisi Son Xeung Minni ortda qoldirdi.

Fikrlar