Yuriy Lukin: "G'alabamizni muxlislar sog'inib qolishgandi"
23 avg 2014 12:21
Yangiliklar
Yuriy Lukin: "G'alabamizni muxlislar sog'inib qolishgandi"
"Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Yuriy Lukin ishtirok etdi.
- G'alabamizni muxlislarimiz sog'inib qolishgandi, - dedi Yuriy Pavlovich. - Ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyin yigitlarni bu o'yinga tayyorlash oson bo'lmadi, albatta. "Neftchi" - jiddiy raqib. SHu bois, o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Bugun faqatgina natija uchun o'ynashga majbur edik. Agar g'alaba qozonmasak, ko'psonli muxlislardan ajralib qolishimiz hech gap emasdi. Yigitlarga ham, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman.
Albatta, o'yin bir muncha kech boshlangan bo'lsa-da, havo juda dim edi. Bunday issiqda o'ynash jamoamizga ham, raqibimizga ham oson bo'lgani yo'q. SHunga qaramay, muhim uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz.
Navbatdagi turda Muborakda mehmon bo'lamiz. "Mashal" juda tartibli o'yin namoyish etadi. Tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar yo'q.SHu bois, safardan ijobiy natija bilan qaytish uchun puxta tayyorgarlikka etibor qaratamiz.

Fikrlar