Yurgen Klopp: "Simeoneni juda hurmat qilaman"
17 fev 2020 12:44
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "Simeoneni juda hurmat qilaman"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Atletiko"ning hozirgi holati haqida gapirdi.
- Ha, "Atletiko" La Ligada ko'p gol urmayapti, ammo shu bilan birga kam gol o'tkazmoqda. So'nggi haftalarda "Atletiko"da juda ko'p jarohatlar yuzaga keldi. Ammo, Morata oldingi o'yinda zaxirada bo'ldi, Diego Kostaning tiklanayotgani haqida gapirishmoqda.
Agar kimdir natija uchun o'ynay olsa, bu men juda ham hurmat qiladigan Simeonening "Atletiko"si bo'ladi. To'g'risini aytsam, bizda yaxshi munosabatlar bor", - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Liverpul" o'rtasidagi CHL 1/8 final dastlabki o'yini ertaga, aniqrog'i 19 fevral kuni soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar